Baliq go„shti - qimmatli oqsilga boy parhezbop mahsulot. Baliq
mahsulotlarida fosfor, kalsiy, magniy, rux va yod ko„p miqdorda uchraydi.
Yuqori ozuqaviy qiymati va oson hazm bo„lish xususiyati
tufayli
gipertoniya, ateroskleroz, jigar va me‟da kasalliklaridan aziyat chekuvchi
bemorlarga baliq go„shti tavsiya etiladi. Ixtulin oqsili
trombotsitopeniyada, silin oqsili esa bepushtlikning oldini olishda
qo„llaniladi.
Baliqlar jigari va uvildiriqlaridan A, D vitaminlariga boy baliq yog„i
ishlab chiqariladi. Baliq yog„i murakkab efir glitserin bilan moy kislotasi
aralashmasidan iborat. Uning tarkibida to„yinmagan moy kislotalarini
katta miqdorda (84 % gacha) bo„lishi xarakterlidir. To„yingan moy
kislotalari esa 16% ni taskil etadi. Baliq uvildirig„i tarkibidagi leytsitin
qondagi xolesterin moddasini chiqarilib yuborilishda
katta ahamiyatga
ega. Baliq yog„ining yosh bolalarni o„sish va rivojlanishdagi ahamiyati
barchamizga ma„lum. Oziq-ovqat sanoati, tibbiyot
va texnik maqsadlarda
qo„llaniluvchi bu yog„ treska, okun, skumbriya, akula jigarida eng ko„p
hisoblanadi. Ayrim baliqlar terilaridan (akula va losossimonlar) sanoatda
mahsulotlar tayyorlanadi. Ular terisidan yelimlar olishda ham
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: