“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari
lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar
Tayanch so
‘zlar: oziq-ovqat mahsulotlari, go‘sht mahsulotlar, yarim
tayyor go‘sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, sut mahsulotlari,
pazandachilik asboblari, taom tayyorlash texnologiyasi.
16.1. Pazandachilik asoslari (oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-
uskunalar va moslamalar, taom tayyorlash texnologiyasi)
Pazandachilik asoslari bo„limida Respublikada etishtirilayotgan oziq
ovqat mahsulotlarining turlari, navlari, sifatiga bo„lgan talablari, turli
oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi
ishlov berish jarayoni, oziq-ovqat
mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o„rni, xususiyatlari,
kimyoviy tarkibi va to„yimliligini, ovqatlanish me„yori va tartibi, oziq-
ovqat mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddatlari bilan tanishadilar.
Bunda:
- o„quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va
qandolatchilik asoslari;
- oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o„rni,
xususiyatlari, to„yimliligi, turlari, ovqatlanish me‟yori va tartibi, oziq-
ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga
dastlabki va asosiy
ishlov berish yo„llarini o„rganadilar;
- oshxonalarning jihozlanishi;
- oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnika
qoidalarini;
- uy-ro„zg„or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg„armasi
va
uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi
keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi
tushunchalarga hamda
pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to„g„risidagi ma„lumotlarga ega
bo„ladilar.