“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar Tayanch so‘zlar



Yüklə 293,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix06.02.2023
ölçüsü293,13 Kb.
#83131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lo

Osh sodasi (natriy karbonat) un ko„rinishidagi oq mahsulot hamir 
qorilganda qo„shib tayyorlanadi. Xamir tarkibidagi kislotalar bilan 
birikishi natijasida yoki hamirga issiqlik ta„sir etishi natijasida natriy 
karbonat o„zidan karbonat angidrid chiqarib, mahsulot g„ovakligi hosil 
qiladi.
Ammoniy karbonat - oq un ko„rinishidagi mahsulot. Bu mahsulot 
hamirga qo„shib tayyorlanadi. Xamirga issiqlik ta„siri natijasida ammoniy 
karbonat parchalanib karbonat angidrid, ammiak va ma„lum darajada suv 
hosil qilishi natijasida tayyor mahsulot g„ovakligi hosil bo„ladi
Xamirturushli hamirning asosiy mahsuloti, un, suv, tuz va hamirturushdan 
iborat. Sut, tuxum, shakar, yog„, nordonroq qaymoq qo„shib 
tayyorlanadigan hamir ham bor. Xamir tayyorlash jarayoni mahsulotlarni 
tayyorlash, hamir qorish, hamirni achitish va achish jarayonida ezib 
havosini chiqarib turishdan iborat. Uni ishlatishdan avval mashinada yoki 
qo„lda elak yordamida elanib, qotib qolgan un


qoldiqlari, tashqi mahsulotlardan tozalanadi. Bunda un tarkibi kislorod 
bilan boyiydi, hamir qorish osonlashadi, uning sifati yaxshilanadi, hamir 
yaxshi oshadi.
Yarim tayyor go„shtli mahsulotlar  
Go„shtli yarim fabrikatlar - bu har xil go„sht turlaridan oshpazlikda 
ishlatishga tayyorlab qo„yilgan masalliqdir. Bularga aholining talabi katta.
Go„sht turiga qarab mol, qo„y, cho„chqa go„shtli yarimfabrikatlar, 
shuningdek parranda go„shtli yarimfabrikatlar bo„ladi.
Go„shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga 
qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo„linadi. Yarim 
tayyor mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to„qmoqchada urish, 
paychoqlarini bir oz kesish, urvoqda belash, ichiga ziravorlar tiqib 
pishirishga tayyorlash, marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan 
o„tkaziladi.
Kesish go„sht to„qimasi holatiga qarab to„g„ri burchak yoki 40-45° 
burchak ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bo„laklar yaxshi ko„rinishga 
ega bo„ladi va deformatsiyalanishi kam bo„ladi.
To„qmoqchada urish. Bo„laklarga bo„lingan go„sht oldindan suvga 
bo„ktirib qo„yilgan to„qmoqcha bilan uriladi. Bunda go„shtdagi 
birlashtiruvchi to„qima g„ovakligi oshadi, go„sht yuzasi tekislanadi, usti 
dazmollanganday tekislashib, bo„lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir 
xil issiqlik ta‟sir etish imkoniyati yaratiladi.
Paylarni bir oz kesish. Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad 
porsiyalangan go„shtga issiq ishlov berganda u o„z shaklini saqlab 
qolishini ta„minlashdir.
Go„shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug„lanishini kamaytirish 
maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq 
ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. 
Go„shtni urvoqqa belashdan avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim 
tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi.



Yüklə 293,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin