Osh sodasi (natriy karbonat) un ko„rinishidagi oq mahsulot hamir
qorilganda qo„shib tayyorlanadi. Xamir tarkibidagi kislotalar bilan
birikishi natijasida yoki hamirga issiqlik ta„sir etishi natijasida natriy
karbonat o„zidan karbonat angidrid chiqarib, mahsulot g„ovakligi hosil
qiladi.
Ammoniy karbonat - oq un ko„rinishidagi mahsulot. Bu mahsulot
hamirga qo„shib tayyorlanadi. Xamirga issiqlik ta„siri natijasida ammoniy
karbonat parchalanib karbonat angidrid, ammiak va ma„lum darajada suv
hosil qilishi natijasida tayyor mahsulot g„ovakligi hosil bo„ladi
Xamirturushli hamirning asosiy mahsuloti, un, suv, tuz va hamirturushdan
iborat. Sut, tuxum, shakar, yog„, nordonroq qaymoq qo„shib
tayyorlanadigan hamir ham bor. Xamir tayyorlash jarayoni mahsulotlarni
tayyorlash, hamir qorish, hamirni achitish va achish jarayonida ezib
havosini chiqarib turishdan iborat. Uni ishlatishdan avval mashinada yoki
qo„lda elak yordamida elanib, qotib qolgan un
qoldiqlari, tashqi mahsulotlardan tozalanadi. Bunda un tarkibi kislorod
bilan boyiydi, hamir qorish osonlashadi, uning sifati yaxshilanadi, hamir
yaxshi oshadi.
Yarim tayyor go„shtli mahsulotlar
Go„shtli yarim fabrikatlar - bu har xil go„sht turlaridan oshpazlikda
ishlatishga tayyorlab qo„yilgan masalliqdir. Bularga aholining talabi katta.
Go„sht turiga qarab mol, qo„y, cho„chqa go„shtli yarimfabrikatlar,
shuningdek parranda go„shtli yarimfabrikatlar bo„ladi.
Go„shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga
qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo„linadi. Yarim
tayyor mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to„qmoqchada urish,
paychoqlarini bir oz kesish, urvoqda belash, ichiga ziravorlar tiqib
pishirishga tayyorlash, marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan
o„tkaziladi.
Kesish go„sht to„qimasi holatiga qarab to„g„ri burchak yoki 40-45°
burchak ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bo„laklar yaxshi ko„rinishga
ega bo„ladi va deformatsiyalanishi kam bo„ladi.
To„qmoqchada urish. Bo„laklarga bo„lingan go„sht oldindan suvga
bo„ktirib qo„yilgan to„qmoqcha bilan uriladi. Bunda go„shtdagi
birlashtiruvchi to„qima g„ovakligi oshadi, go„sht yuzasi tekislanadi, usti
dazmollanganday tekislashib, bo„lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir
xil issiqlik ta‟sir etish imkoniyati yaratiladi.
Paylarni bir oz kesish. Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad
porsiyalangan go„shtga issiq ishlov berganda u o„z shaklini saqlab
qolishini ta„minlashdir.
Go„shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug„lanishini kamaytirish
maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq
ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi.
Go„shtni urvoqqa belashdan avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim
tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi.
|