shirinlik solingan hamir, biskvit, qaynoq suvga
qorilgan hamir, shakarli
(pesochniy), qatlama, oddiy (chuchvaralar, ugra uchun), suyuq hamir
(klyar uchun).
Xamirning sifati ularning g„ovaklik darajasi bilan aniqlanadi. G„ovak
hamirdan tayyorlangan mahsulot iste„molda oson hazm bo„ladi. Xamir
mahsuloti tarkibidagi ko„p miqdordagi kraxmalning hazm bo„lishi qiyin.
U fermentlar ta‟siri ostida
tarkibiy qismlarga ajralib, glyukozaga aylanishi
lozim. Bu fermentlar asosan so„lakda va oshqozon osti bezida bo„ladi.
So„lak ta‟sirida buktirish uchun hamir mahsulotlari yumshoq bo„lishi
kerak Xamir g„ovakli bo„lishi uchun turli yumshatuvchi moddalar
ishlatiladi. Jumladan hamirturush, osh sodasi, ammoniy tuzi va hokazo.
Xamirturush ko„zga ko„rinmas mayda mavjudod (hamirturush
qo„ziqorini) hisoblanadi. Ularni hayoti uchun suyuqlikda
erigan holdagi
shakar, oqsil, mineral mahsulotlar va qulay muhit bo„lishi lozim. Ularni
yashashi va ko„payishi natijasida tayyorlangan hamir ichida ma‟lum
darajada kraxmalni parchalanishi natijasida spirt, karbonat
angidrid gazi
hosil bo„lib, xamirda g„ovaklik holati yuzaga kelib, hamir hajmi oshadi.
Dostları ilə paylaş: