Chinni, fayans va shishadan yasalgan idishlarni yuvgandan keyin
yaxshilab quritish kerak. Agar bunday idishlarni sochiq bilan artadigan
bo„lsangiz sochiqning tuklari yopishib uni yana iflos qilib quyadi.
Shuni
esda tutish kerakki, tova yuvilmagan idish taomning sifatini buzadi
va sog„likka ham varar etkazishi mumkin.
Alyumin idishga yopishib qolgan qora dog„larni sirkaga botirilgan paxta
bilan artib, keyin yuvib tashlasangiz, top-toza bo„ladi.
Taom tayyorlash texnologiyasi
Mahsulotlarni tayyorlash. Ovqat pishirish avvalo maxsulotlarni
tayyorlashdan boshlanadi. Mahsulot to„gri tayyorlansa ovqat lazvatli
bo„ladi,
yaxshi va tez pishadi, tarkibidagi foydali moddlar yo„qolib
ketmaydi.
Mahsulot tayyorlash quyidagialardan iborat: sortlarga ajratish, yuvish,
archish, chopish (qiymalash), to„g„rash va hoqazo. To„g„rash usulining
o„zi har xildir, ya‟ni somon va kubik shaklida to„g„rash, parrak-parrak
qilib to„g„rash, tilish, lo„nda -lo„nda qilib kesish, qirqish, shaklli qilib
to„g„rash va hoqazo2.
Sortlarga ajratish. Sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar va boshqa
masalliqlar sortlarga ajratilganda ularning orasidagi vaxa bo„lganlari,
chirigan, qurt egan, ezilib ketgan va umuman eyish uchun yaroqsiz bo„lib
qolganlari ajratib tashlanadi. Don mahsulotlaridagi tosh va cho„plarni
terish, go„shtdagi parda, bez va qon qoldiqlarini olib tashlash ham
sortlarga ajratishga kiradi.
Magazin va do„konlarda sotiladigan har qanday mahsulotlar sortlarga
ajratib sotiladigan bo„lganliga uchun bunday mahsulotlarni tovalab
o„tirmasdan, yuviladiganini yuvish, archiladiganini
archish uchun ajratish
kifoya qiladi.
Yuvish. Masalliqqa qarab taom retseptlarida (sovuq suv bilan, iliq suv
bilan, issiq suv bilan, qaynoq suv bilan deb) aniq ko„rsatilgan. Ishqalab
yuvish, chayish, ivitish kabi usullarni ham teplili retseptlarda uchratasiz.
Archish. Asosan sabzavot, meva va ba„zi poliz ekinlariga xos tayyorlash
usulidir. Archishda maxsulotning po„sti va po„stiga yopishgan xaslar
tovalanadi. Ba„zi sabzavot va mevalarning po„stida foydali moddalar juda
ko„p bo„ladi,
shuning uchun ularni archimay, tozalab yuvib ishlatsa ham bo„laveradi.
Masallig„ni archiganda etini qalin qilib kesib tashlamaslikka e‟tibor berish
lozim.
Archishni
engillishtirish qilib, ya„ni to„g„ri bajarish uchun masalliqlarni
quyidagicha qilib, ya‟ni sabzi, turp, bodiring va shu kabi masalliqlarni
o„zunasiga - uchidan bandi tomoniga qarab archiladi. Olma, sholg„om
kabi dumadoq yoki yalpoq maxsulotlar halqa qilib bandi tomonidan
uchiga qarab archiladi. Ba„zi maxsulotlar, masalan, shaftoli va po„sti bilan
pishirilgan kartoshka pichoqsiz archiladi. Ba„zi bir maxsulotlarning faqat
bandi
bilan uchi kesiladi xolos, masalan, ko„k piyoz, rediska va shu
kabilar.
Dostları ilə paylaş: