“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar Tayanch so‘zlar



Yüklə 293,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix06.02.2023
ölçüsü293,13 Kb.
#83131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lo

Jem tayyorlash texnologiyasi  
Jem oziq-ovqat mahsulotlaridan ro„zg„or uchun ko„p tayyorlanadigan 
taom hisoblanadi. Jemni tayyorlashda mevalar bir-biri bilan qorishib, 
jelesimon ko„rinishga kirishi uchun uni albatta uzoq qaynatish talab 
qilinadi. Jem non va pechenyelarga surtib yeyishga, piroglar tayyorlashga 
juda qulay.


Jemni qaysi mevalardan tayyorlash mumkin  
Pishiriladigan jem quyuq chiqishi uchun, uni pektin moddasini o„ziga 
saqlovchi mevalardan tayyorlash kerak bo„ladi. Uncha yaxshi pishmagan 
ba„zi mevalarda pektin miqdori ko„proq bo„ladi.
Quyidagilar o„zida ko„p pektin moddasini saqlaydi:
- olma;
- qora va qizil qorag„at;
- behi;
- krijovnik;
- olxo„ri;
- sitrus mevalar po„sti
Olcha, maymunjon, nok va qulupnayda pektin juda oz miqdorda bo„ladi. 
Agar siz shu mevalardan jem tayyorlashga qaror qilgan bo„lsangiz, unda 
unga pektin kukunidan yoki uni o„zida saqlovchi mevalardan solishingiz 
kerak bo„ladi.
To„g„ri qaynatish  
Jem tayyorlashda ishlatladigan mevalarni yaxshilab yuvish,to„g„rash, 
so„ng ularning qurishi, ya‟ni ortiqcha suvidan xalos etish uchun chetga bir 
oz muddatga qoldirish kerak. So„ng ularni ko„p miqdordagi suvda 
yumshagunicha qaynatiladi va undan keyingina shakar solinadi. So„ng 
olovni balandlatib, muntazam kovlab turib, quyulgunicha qaynatiladi. 
Xuddi murabbo kabi jem tayyorlashda ham bir necha qoidalarga amal 
qilish kerak bo„ladi:
xuddi murabboga o„xshab, jemni ham sirlangan, qalin idishlarda yoki 
qozonda qaynatish kerak;
shakar va meva 1:1 - teng miqdorda solinishi, agar meva juda shirin 
bo„lsa, unda shakar ozroq kamaytirilishi kerak;
yirikroq shakardan solsangiz, u sust erishi sabab ham pishiriladigan 
jemingiz mazaliroq chiqadi;
agar jemga ozroq limon kislotasi solinsa, unda u mevalardagi pektin 
moddasini tortib olinishiga yordam beradi;


sersuv mevalarni suv solmasdan tayyorlash mumkin, lekin tayyorlanish 
jarayonida tagi olmasigi uchun uni muntazam kovlab turish talab qilinadi;
agarda jemga pektin kukuni solmoqchi bo„lsangiz, unda uni jemning 
tayyor bo„lishiga 5 daqiqa qolganida solib, aralashtiring. Pektinni shakar 
yoki shakarli qiyom bilan aralashtiring, so„ng jemga solib, bitta qaynatib 
oling. So„ng olovni o„chiring;
jemni muzdek likopchaga tomizib ko„ring, tomchi oqib ketmasa, demak 
jem tayyor bo„lgan hisoblanadi.

Yüklə 293,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin