“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar Tayanch so‘zlar


Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (asbob-uskunalar va



Yüklə 293,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix06.02.2023
ölçüsü293,13 Kb.
#83131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lo

16.2. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (asbob-uskunalar va 
moslamalr, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi)  
Jun tolali gazlamalar. Jun tolasi qo„y, tuya, echki, qoramol va 
quyonlarning terilari ustidagi tukli qoplamasidan olinadi. Jonivorlarning 
terisiga ishlov berish vaqtida yig„ilgan jun zavodda olingan jun deb 
ataladi. Eski jun laxtaklarini qayta ishlash yo„li bilan olingan tola esa 
tiklangan jun deb ataladi. Jun tolalari paxta tolasiga nisbatan uzun, 
mustahkamligi past, lekin qayishqoqligi yuqori bo„ladi. Jun tolasi o„ziga 
namlikni yaxshi singdiradi va uzoq vaqtda o„z tarkibida tutib turadi. Bug„, 
harorat va bosim ta‟sirida jun tolasidagi oqsil moddalari va tolaning o„zi 
ham o„z shaklini o„zgartirishi mumkin. Bu xususiyatga tikuvchilik 
texnologiyasida gazlama va buyumlarga namlab, isitib ishlov berish 
usuliga asoslangan.
Ipak tolali gazlamalar. Tabiiy ipak tolasi asosan tut ipak qurtidan 
olingan pillalarni qayta ishlab olinadi. Ipak qurti o„zining rivojlanish 
jarayonida to„rtta bosqichdan o„tadi: pilla qurtining kapalagi tuxum soladi
bu tuxumdan pilla qurti paydo bo„ladi va ularning ichki a„zolaridan ipak 
ishlab chiqaradi. Qurt yig„ilgan ipak moddasini tashqariga og„zidagi 
bezlar orqali siqib chiqarib, o„z atrofini to„la o„rab turuvchi pillani hosil 
qiladi va uning ichida g„umbakka aylanadi. G„umbakdan kapalak paydo 
bo„ladi. U pilladan tashqariga chiqib tuxum soladi. Shunday qilib, pilla 
qurtining rivojlanish jarayoni takrorlanadi. Pillakashlik fabrikalarida pilla 
o„rash uskunalarida chuvalanadi. Chuvalash paytida bir necha pilla 
ipakning uchi birlashtiriladi. Natijada, xom ipak hosil bo„ladi. Xom ipak 
iplari oqsil serisin bilan bir-biriga birikkan bir necha pilla ipidan iborat.
Gazlamalarga ihov berishda ishlatiladigan asbob-uskunalar  
Furniturаlаr kiyimgа bezаk sifаtidа hаmdа kiyimning tаqilmаlаridа 
ishlаtilаdi. Ulаrgа tugmаlаr, ilgаklаr, hаlqаlаr, pistоnlаr, turli mоlniya 
tаsmаlаr


kirаdi. Tugmаlаr fаqаt tаqish uchunginа emаs, bаlki kiyimni bezаsh uchun 
hаm ishlаtilаdi. Tugmаlаr tаyyorlаnаdigаn хоmаshyolаr turli-tumаn 
bo„lаdi. Bulаr plаstmаssаlаr, yog„och, shishа, metаll, suyak vа hokаzolаr. 
Tugmаlаrgа qo„yilаdigаn аsosiy tаlаblаr: pishiqlik, suv tа„sirigа 
chidаmlilik, sovunli eritmаdа qаynаtilgаndа аynimаslik. Tugmаlаr 1,5 m 
bаlаndlikdаn tаshlаb yuborilgаndа shikаstlаnmаsligi lozim. Tugmаlаr 
sovunli eritmаdа qаynаtilgаndа tаshqi ko„rinishi, shаkli, rаngi 
o„zgаrmаsligi, dаrz ketmаsligi kerаk. Rаngi yorug„lik vа ob-hаvo tа„sirigа 
chidаmli bo„lishi kerаk.

Yüklə 293,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin