Pirog tayyorlash texnologiyasi
Pirog tayyorlash. Tuxum oqi qattiq holga kelguncha ko„pirtiriladi.
Shakar 0.5 choy qoshiqdan sekin-asta qo„shib aralashtiriladi. Tuxum
sarig„i solib arlashtiriladi. Eritib, sovutilgan (lekin qotib qolmagan)
margarin solib aralashtiriladi. Hohlaganlar oshxona sodasi solishi
mumkin. Unni yuzasiga yoyib solib, o„rta qismida unni chetdan oz-ozdan
olib, aralashtiriladi. Hohishga kshra yong„oq, bodom, mayiz va hokazolar
solib, aralashtiriladi va qolipga o„simlik
yog„idan biroz surib, aralashma qo„yiladi. 1900C da 45-50 daqiqa
davomida pishiriladi.
Qatlama hamir tayyorlash texnologiyasi
Qatlamali xamir bir necha qavatlardan iborat bo„lib, ko„pgina shirali va
shirasiz pishiriqlarda ishlatiladi. Hamirni tayyorlash jarayonida uni bir
necha marta
buklab, tarkibidagi yog„i erib qavatlarni qo„shilib ketishini oldini olish
uchun sovutgichda bir necha bor muzlatib olinadi. Tayyorlanishi oddiy
bo„lsa ham biroz vaqt talab qiladi. Shunga qaramasdan bu xamir
pishiriqlarga juda yengil va o„zgacha ta‟m beradi.
Qatlama xamirni bir necha usulda tayyog„lash mumkin. Lekin barcha
usullari uchun umumiy bo„lgan asosiy qoidalar mavjud. Xamir yaxshi
chiqishi uchun bu qoidalarga rioya qilish zarur:
Pishirishdan avval mahsulotlar xolodilnikda sovitiladi (lekin
muzlatilmaydi). Tayyor mahsulotlar namlangan gaz patnisiga terib
chiqiladi (yog„ surtish mumkin emas). Tuxum mahsulotlarning sirtigagina
surtiladi, chetlariga oqib tushgan tuxum suyuqligi mahsulotning
kutarilishini qiyinlashtiradi. Sovitilgan mahsulotlar qizib turgan
duxovkada (harorat 2505S dan past bo„lmasligi kerak) pishirilishi lozim.
Agar qatlama xamirdan tayyorlanadiganmahsulot ichiga pishgandan keyin
biron narsa solinadigan bo„lsa, kichik piroglar duxovkadan 10- 15
minutdan so„ng, katta piroglar esa 15-20 minutdan sung olinib, ichiga
go„sht, murabbo, olma, krem va boshqalar solinadi.
|