Psixologiya fanida sezgilar uchta katta guruhga ajratil-gan (eksteroretseptiv, prioretseptiv, interoretseptiv) bular, o`z navbatida, yana quyidagi turlarga bo`linadi:
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kines-tetik sezgilar deb nomlanib, ularga og`irlikni, qarshihkni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari — gavda muskullari, paylar, bo`g`imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo`lib, ularning ta`sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskulfarga ta`sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilaridir.
Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo`ngach, me`da, ichak, qon tomirlari, o`pka va shu kabilarda joylashgan bo`ladi.
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining qo`zg`atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir: