Sfragistika va geraldika,kartografiya fanining shakllanishi, rivojlanishi,maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 28,7 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2022
ölçüsü28,7 Kb.
#76474
1   2   3
Sfragistika va geraldika,kartografiya fanining shakllanishi, riv

Geraldika


Geraldika (lotincha: heraldus — jarchi, gerold) — gerbshunoslik. 19-asrning 2-yarmidan gerblarni oʻrganuvchi yordamchi tarix fani; Dastlab 13-19-asrning l-yarmigacha dvoryan, sex va yer mulklarining gerblarini tuzish bilan geroldlar shugʻullanganlar (G. atamasi shundan olingan). 14-asrdan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish odat tusiga kirgan. G. moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni oʻrganadi, milliy anʼanalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrganishda yordam beradi va b. Arxeologik qazishlar Oʻzbekistonda ham qadimdan muhrlar, tangalar va buyumlarga shahar, davlat, urugʻ yoki hunarmandchilik uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganini koʻrsatadi. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush madaniyati va sanʼatini oʻrganishga, davlatlar va sulolalar tarixini oydinlashtirishga xizmat qiluvchi manbalardan biridir. G. genealogiya, numizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar bilan aloqador. G. maʼlumotlari tarix fanining boshqa sohalarida ham qoʻllaniladi (yana q. Davlat gerbi).
Kartografiya-tabiat va jamiyatdagi voqea hodisalarning tarqalishini, ularning birgalikda o`zaro bog'liqligi (ularni vaqt o`tishi bilan o`zgarishini) kartografik tasvir-obrazli belgi modellar vositasi bilan svirlashni va tadqiqot qilishni o`rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan biri bo`lib, dastlabki bu fan to`g'risidagi ta`rifni (kartografiya terminisiz) er. avv. II asrda yashagan olim Klavdiy Ptolomey bergan.

Kartalar mazmuniga ko`ra ikkiga bo`linadi:


1.Umumgeografik kartalar (gidrogeografiya, rel'f, sanoat, siyosiy-ma`muriy bo`linishlar)ni o`з ichiga oladi.
2.Maxsus kartalar-maxsus ma`lumotlar keltirilgan (masalan, iqtisodiy) kartalar.
Masshtabiga ko`ra kartalar uch guruhga bo`linadi:
1.Yirik masshtabdagi kartalar: 1: 200000 va undan yirik.
2.O`rta masshtabdagi kartalar: 1: 300000 dan 1: 1000000 gacha.
3.Kichik masshtabdagi kartalar: 1: 1000000 dan kichia.
Hozirgi zamon kartalaridagi elementlarga quyidagilar kiradi:
1.Gidrografiya: suv inshootlarini dengiz, daryo, ko`l, kanal, sun`iy suv omborlari, buloqlar, quduqlarni o`z ichiga oladi.
2.Aholi punktlari shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq aholi punktlari kiradi.
3.Aloqa yo`llari: temir yo`llar, yo`llar, suv yo`li (dengiz va daryo), aviatsiyalar.
4.Sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy madaniy ob`ektlar, sanoat korxonalari, foydali qazilmalar, aerodromlar, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy, tarixiy ob`ektlar kiradi.
5.Rel'f: past tekisliklar.
6.Siyosiy-ma`muriy chegaralar: davlat chegaralari va ma`muriy birliklarning chegaralari beriladi.
Tarixiy geografiya-ilmiy fan bo`lib, u asosan tarixiy xaritalar va atlaslarni, ularninг metodikasini tuzish bilan shug'ullanadi. Kartografiya metodning tarix fanidan keng qo`llanishi tarixiy kartalarning keng qo`llanishiga, tarixiy geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo`llanmalar yaratilishiga olib keladi. Tarixiy xaritalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni xarakterlovchi jarayonlar, shuningdek, goegrafik oqibatlar ko`rsatib o`tiladi. Umumiy tarixiy xaritalar bu jarayonlarni yanada to`liqroq ko`rsatishga, ochib berishga harakat qiladi. Tarixiy xaritalarning turli xillari bo`ladi: tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiyetnografik, arxeologik, milliy-ozodlik harakati bo`yicha xaritalar, dehqonlarqo`zg'oloni, inqilobiy harakatlari, harbiy-tarixiy, madaniyat tarixi bo`yicha va boshqa xaritalar kiradi. O`quv tarixiy xaritalar o`rta va oliy maktablarda o`qilayotgan tarixiy davrlarga mos bo`ladi. Tarixiy geografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geografiyaga bog'liq bo`lib kelgan. 1579 yili Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy xaritadan iborat qo`shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo`shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta xaritadan iborat bo`lgan antik davrning geografik atlasini tuzilishiga olib keldi.
XVII asrning ikkinchi yarmida frantsuz geograflari Sanson va Dyuval' atlaslarida ham tarixga oid xaritalar bo`limi bor edi. XVIII asr oxirida frantsuz kartografi J. B. Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy xaritalar bosilib chiqdi. Orteliydan tortib to XIX asr oxiriga qadar tuzilgan xaritalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, jang joylari, geografik sayohatlar marshrutlari, tarixiy voqea-hodisalar joylari aks ettirilgandi. Shuningdek, Orteliy va Dyuval' tomonidan tuzilgan xaritalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlanadi. Masalan, avliy pavelning sayohati, Ibrohim payg'ambarning sayohati, Troyalik Эneyning suzish marshruti, Odisey yurgan yo`llar tasvirlangan. Keyinroq xaritalarda tarixiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar ham qayd qilina boshlangan.
Tarixiy xaritalar tuzishda tarixiy davrlar ko`pincha chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aksettirilmagan. Bir xil tarixiy xaritalarda tarix ataylab buzib ko`rsatilgan. Masalan, 1910 va 1936-38 yillarda Germaniyada chiqarilgan Putsger atlaslarida, Germaniyada avvalo
Buyuk davlatchiliк shovinizmi va keyinroq fashistcha g'oyalar rivojlanishi bilan xaritalarda Germaniya chegarasi sun`iй ravishda sharqqa surilib boradi. XX asrning ilmiy-tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo`nalish xosdir. Birinchi yo`nalishga yuksak darajada detallashtirilgan xaritalarni kiritish mumkin. Bularda aholini ma`muriy, ba`zi holda cherkov tomonidan bo`linishgacha bo`lgan aniq dalillar aks ettiriladi. Bunday xaritalar turiga 1895 yilda chop etilgan avtraliyalik Rixterning atlasi, golland A. A. Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan atlasi kiradi. Ikkinchi tur xaritalariga detallashtirilishi unchalик yuqori bo`lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixi ko`rsatkichlari ham aks ettirilgan xaritalar kiradi. Bunday xaritalar sirasiga 1926 yil chop etilgan nemis Aubinning atlasi, Pollin rahbarligidagi 1932 yilda chop etilgan AqSh o`quv xarakteridagi atlasi (AqSh ning tarixiy-geografik atlasi). 1958-1962 yillari Myunxenda chop etilgan o`quv xarakteridagi "Katta tarix atlasi" chop etildi.
Tarixiy kartografiyaning rivojlanishining birinchi bosqichi, Rossiya imperiyasida, XVIII asrning birinchi yarmiga to`g'rikeladi. Birinchi "Rossiya imperiyasining tarixiy xaritasi" 1793 yil chop etiladi.
Harbiy tarixiy xarakterdagi xaritalar ko`pchilikni tashkil qiladi. Bular 1779 yilda chop qilingan "rus-turk va rus shved urushlari davridagi qal`alar joylashuvi hamda jang joylari" atlasi, Pyotr I ning fors yurishi kabilardir. XIX asr oxiri va XX asr boshida Rossiya imperiyasida chiqarilgan tarixiy xaritalar asosan o`quv va harbiy xaritalar edi. "Tarix, xronologiya, geografiya atlasi" Karamzin va Axmatov tarixlari asosida tuziladi, bundan tashqari 1845 yilda N. I. Povlovning "Rossiyaning tarixiy atlasi", E. E. Zamislovskiyning 1865, 1887 yillardagi atlasi, A. Il'inning 1812-15 yillardagi urushni tasvirlagan atlasi, rus-turk, rus-yapon urushlariga bag'ishlangan atlaslar tuziladi.
1923-25 yillarda V. K. Yatsunskiy tomonidan tarixiy iqtisodiy mazmundagi 1918-19 yillarga bag'ishlangan "Rus tarix atlasi" bosilib chiqadi. Bu atlasning xaritalari bo`limlarga bo`lingan: feodalizmgacha bo`lgan Rus, rus feodalizmi davri, sado kapitalizmi davri, iglab chiqarish kapitalizmi davri, ishlab chiqarish kapitalizmi davri kabi Pokrovskiyning nazariyasiga asoslanadi. Tarixiy xaritalar 1937 yilda tashkil etilgan jahonning "Katta Sovet Atlasi" ga kiritildi. Urushdan keyingi davrda Geodeziya va Kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan sitemali tarzda, o`rta va oliy maktablar uchun qadimgi dunyo, o`rta asrlar va yangi tarix bo`yicha tarixiy xaritalar chiqarib turildi.
Shu bilan birga yangi tarixiy-iqtisodiy xaritalar tuzildi. Masalan, "Rossiyaning XVII asr oxiridagi iqtisodiy xaritasi", "1861-1900 yillarda Rossiya imperiyasida kapitalizmning rivojlanishi", "XX asr boshida Evropa Rossiyasining ishlab chiqarish munosabatlari va er egaligi".
Yirik kartografik nashrlar orasida 1946 yilda chop etilgan, L. G. Beskrovno`yning "Pruss harbiy tarixi sxemasi xaritalari atlasi" alohida ajralib turadi. Urushlarni borish usulini tasvirlab beruvchi harbiy-iqtisodiy xaritalar 1958 yilda tuzilgan. Dengiz atlasiga kiritilgan. Bundan tashqari anchagina tarixiy geografik atlaslar chiqarilgan. Urushdan so`ng chiqqan "SSSR tarixidan hikoyalar", "Jahon tarixi", "Ulug' Vatan urushi tarixi", "Ikkinchi jahon urushi", "Katta Sovet Эntsiklopediyasi", "Sovet Tarix Эntstklopediyasi" va turli xil oliy va o`rta maktab darsliklari va qo`llanmalarining har biriga tarixiy xaritalar to`plashi ilova qilingan.
Tarixiy kortografiya rivojlanishida 1958 yil Pol'shada bosilib chiqqan Plots vosvodaligi tarixiga oid Atlasni alohida o`rni bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini, ishlab chiqarиш munosabatlarini, iqtisodiy o`sishlar ko`rsatkichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy geografiya rivojlanishining muhim elementi-bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlarni to`la aks ettirish tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir.
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, sovet davrida O`rta Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy xaritalar tuzilgan bo`lsa ham, ammo ularning ichida O`rta Osiyoni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir xaritalar yo`q edi. Xuddi shuningdek xaritalar nashr qilinishida evropatsentrik nuqtai nazaridan qaralgandi. Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixiga oid xaritalar yo`q. Bu davrda asosan qadimgi va o`rta asrlardagi Rus haqidagi tarixiy xaritalar ko`p sonni tashkil qilsa. O`rta Osiyo xalqlari tarixiga oid xaritalar juda oz edi.
Umuman olganda, O`rta Osiyo hududlari bo`yicha tarixiy voqealar bilan bog'liq bo`lgandagina tasvirlangan. Masalan, mo`g'ullarning O`rta Osiyoni bosib olishi kabi tarixiy hodisalar yaratilganligi bilan, ammo Amir Temur davlati haqida umuman tarixiy xaritalar yaratilmagan. XV-XVIII asrdagi O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan tarixiy jarayonlarning faqat rossiya tarixiga aloqador bo`lgan qismlarigina aks ettirilgan. Lekin bu xaritalar ham aniq detallashtirilmagan, ba`zi xaritalarda Shayboniylar va Xiva xonligi chegaralari chalkashtirib yuborilgan.
O`rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma`muriy tarixiy xaritalar yaratilgan bo`lsa, demografik xaritalar juda ko`p, hududlarning iqtisodiy tarixiga oid xaritalar umuman bo`lmagan.
Faqatgina XIX asrdan boshlab O`rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so`ng, Turkiston general-gubernatorligi va Chor Rossiyasi vassallari bo`lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligning o`sha davrga oid ba`zi xaritalari mavjud. Bu xaritalarning kamchilik tomonlari ko`p bo`lgan.

Yüklə 28,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin