§. Hisob-kitob balansi va uning tashqi iqtisodiy aloqalarda o’rni
Xalqaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar tegishli davlatning xalqaro hisob-kitob balanslarida o’z aksini topadi. U yigma iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimida muhim rol uynaydi, chunki davlatlarning milliy daromadini qayta taqsimlanishini ifodalaydi. Shuning uchun YaMM va MDni aniqlashda xalqaro talab va majburiyatlarning sof qoldigi hisobga olinadi.
Xalqaro hisob-kitob balanslari - bir mamlakatning boshqa mamlakatga nisbatan pul majburiyatlari va talablari, tushumlari va to’lovlari nisbatidir. Bunday balanslarning asosiy turlari:
To’lov balansi, xalqaro qarzdorlik balansi va hisob-kitob balansidir.
Hisob-kitob balansi - mazkur davlatning, to’lov muddatidan kat’iy nazar, boshqa davlatlarga nisbatan o’zaro talab va majburiyatlarining ma’lum vaqtdagi nisbatidir. Bunday talab va majburiyatlar tovar va xizmatlarni eksport (import) qilish, kredit, zayom berish (olish) natijasida vujudga keladi.
Hisob-kitob balansining aktiv moddalari bu tegishli kalendar davrdagi bir davlatning boshqa davlatlarga yangi talablari (da’volari) va investitsiyalari yig’indisidir.
Balansning passiv moddalari yangidan vujudga kelgan majburiyatlar va shu davlatga xorijdan qilingan investitsiyalari miqdoridir.
Davriy hisob-kitob balansi o’zaro talab va majburiyatning dinamikasinigina (ma’lum bir davrdagi) ko’rsatadi. U orqali davlatning valyuta - moliyaviy holatiga baho berib bulmaydi.
Davlatning xalqaro hisob-kitoblar bilan holatini bilish uchun ma’lum fursatdagi (yil oxiri yoki boshi) hisob-kitob balansi muhimdir. U o’zaro talab va majburiyatlarni kelib chiqish muddatidan mustasno tarzda umumiy summani tavsiflaydi. balansning aktiv saldosi davlatning boshqa davlatlardan kreditni va investitsiyani jalb etganiga nisbatan ularga ko’proq kredit berganini, investitsiya qilganini (sarflanganligini) bildiradi. Passiv saldo esa davlatning qarzdorligidan dalolat beradi. Xalqaro qarzdorlik balansi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar statistiqasida keng qo’llaniladi. U hisob-kitob balansiga uxshaydi, ammo undan moddalari va turli davlatlardagi hisoblash uslublari bilan farq qiladi. Masalan, AQShda quyidagi moddalardan iborat xalqaro investitsiyalar balansi ishlatiladi:
(mlrd. dollar)
1981 yil
1992 yil
AQShning xorijiy aktivlari. rasmiy oltin-valyuta zahiralari
719,6
1253,7
Boshqa davlat aktivlari, (uzoq va qisqa muddatli zayomlar bilan birgalikda)
Manba : International Financial Statistics, Feb. 1993.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, AQSh 80-90 yillarda kreditordan netto-qarzdorga aylangan. Bu «portfel investitsiyalar» va «AQSh banklarining xorijiy majburiyatlari» moddalari bo’yicha majburiyatlarning oshuvi hisobiga bo’lgan. Bu asosan AQSh qimmatli qog’ozlari va banklarga qo’yilgan «issiq pullar» dir. (Bular bir mamlakatdan boshqasiga oson o’tkaziladigan, valyuta kursi va foiz stavkasi o’zgarishi natijasida foyda olish maqsadidagi mablag’lardir.)
Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlar ham netto-qarzdordir. Ammo «issiq pullar» oqimi sababli emas, balki chet el qarzlari va zayomlariga ko’p murojaat qilish natijasidadir. Bu shu gurux davlatlarida tashqi qarz muomalasining chuqurlashuviga olib keldi. 90-yillar boshida shu davlatlarning qarzida 1,5 trln. dollarni tashkil etdi.