ABANDON -
to'liq
miqdordagi
sug'urta
summasini
olish uchun
sug‘urtalanuvchi sug'urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining
foydasiga voz kechishi (sug'urtalangan kema nobud bo'lganda,
u xabarsiz yo'qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan
bosib olinganda). Abandon to'g'risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y
bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet
mamlakatlar qonunchiligida abandon sug'urtalanuvchining bir
tomonlama akti hisoblanadi. Faqat Angliya qonunchiligida abandon
uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.
ABSOLYUT (MUTLAQ) AFZALLIK PRINSIPI - Adam Smit tomonidan
ilgari surilgan g'oya bo'lib, savdo
munosabatlaridagi mutlaq
afzallikni anglatadi (tovarlarni ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarning
ustunligi hal qiluvchi hisoblanadi).
ABSOLYUT (MUTLAQ) USTUNLIK - bir mamlakatning boshqa mamlakatga
nisbatan o‘z mahsulotlarini samaraliroq qilib ishlab chiqara oladigan
holat. Masalan, jo'g'rofiy joylashishi va ob-havo sharoitiga kora
Marokashda mandarinni AQShdagiga nisbatan arzon yetishtirish
mumkin. AQShda esa kompyuterlami arzon ishlab chiqarish
imkoni bor. Demak, mandarin yetishtirishda Marokash, kompyuter
ishlab chiqarishda AQSh mutlaq ustunlikka ega. Shu sababli AQSh
mandarinni Marokashdan, Marokash esa kompyuterlami AQShdan
sotib olishi mumkin. Natijada ular bu mahsulotlarni o'zlarida ishlab
chiqarishga qaraganda ko'proq foyda ko'radilar.
ABSOLYUT RENTA - yerning sifati qanday bo'lishidan qat’i nazar, undan
foydalanganlik uchun to'lanadigan ijara haqi.
ABSTRAKSIYA - iqtisodiyot nazariyasining asosiy tadqiqot uslubi. U ko'pincha
soxta
tasawur berib, yuzaga chiquvchi iqtisodiy hodisalarning
tub mohiyati va yo'nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab
hodisalar orasidan eng asosiysini sof holda ajratib oladi hamda
tadqiqotni qiyinlashtiruvchi, ikkinchi darajalilarini yo‘q
deb faraz
qilishni anglatadi. Dmiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy
hodisalarning mohiyatini tushunib olish hamda uni yanada
chuqurroq ifoda etuvchi tushuncha va qonunlami shakllantirish
mumkin.
Chunki dalillarni tartiblab, bir xulosaga kelishda
abstraksiya usuli asosiy usul hisoblanadi.
ABSTRAKT MEHNAT - shaklidan qat’i nazar, insonning aqliy, ruhiy, jismoniy
energiyalarining birgalikdagi sarfi.
ADAPTATSIYA - 1. Tashqi (ichki) muhitda obyektiv tarzda mavjud bo'lgan
shart-sharoitlarga kishi (yoki tashkilot)ning moslashib borishi.
2. Tizimning real jarayonlarga moslashishi.
ADAPTIV KUTISH NAZARIYASI - ushbu nazariya tarafdorlari insonlar
istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishdagi o'zgarishlarni kutishda
o'zlarining awalgi va hozirgi tajribalariga tayanadilar hamda ushbu
o'zgarishlarro'yberaboshlagandaginao'zkutishlarinio'zgartiradilar
deb hisoblaydilar.
ADDENDUM - ilgari tuzilgan sug'urta va qayta sug'urtalash
shartnomasiga
tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan qo'shimchalar kiritish.
ADJASTER - sug'urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug'urtalanuvchi
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug'urta
kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki
huquqiy shaxs. U sug'urtalanuvchi bilan unga to‘lanadigan sug'urta
qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug'urta
hodisasining ro'y berish sabablarini o'rganadi va tahlil etadi.
Ushbu tahlil natijalari bo'yicha sug'urta kompaniyasiga ekspert
xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi.
Adjaster vazifasini sug'urta kompaniyasining tarkibiy bo'limi yoki
ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
ADVALOR SOUQ, - mahsulot qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida
o'rnatilgan to'lov. Inflyatsiya sharoitida o'zining
funksiyalarini
avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliq tarkibiga savdo soliqlari,
importga nisbatan ko'pgina bojlar va boshqalar kiritilishi mumkin.
AGENT - turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs
(yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat
ko'rsatuvchi shaxs. Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish
korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs kelishadi va kelishuv asosida
ishonch qog'oziga tayanib, faoliyat yuritadi.
AGENTLIK OPERATSIYALARI - bir tomonning topshirig'i bilan kelishilgan
hududda ikkinchi (agent) tomon amalga
oshiradigan oldi-sotdi
bilan bog'liq bo'lgan amaliy va huquqiy harakatlar.
AGRAR ISLOHOTLAR - yerlardan foydalanish tizimida davlat tadbirlari.
Mamlakatlar va ulaming tumanlari iqtisodiy geografik sharoiti
hamda tarixiy xususiyatlari islohotlarga katta ta’sir ko'rsatadi.
AGRAR MUNOSABATLAR - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan
foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish jarayonida
vujudga keladigan munosabadar.
AGRAR SIYOSAT - davlatning agrar munosabatlar (qishloq xo'jaligi) sohasidagi
faoliyatibo'lib, u agrar masalalar, qishloq xo'jaligi, yer mulkchiligi va
hokazolarni rivojlantirish yo'llari haqidagi masalalami hal qilishga
qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
AGRARSANOAT MAJMUASI - qishloq xo'jalik
mahsulotlarini ishlab
chiqarish (yetishtirish), taqsimlash, qayta ishlash va iste’mol qilish
bo'yicha o'zaro iqtisodiy munosabatlar bilan bog'liq xalq xo'jaligi
tarmoqlari yig'indisi. Qishloq xo'jaligi, sanoat va qayta ishlash
sanoatini o'z ichiga oladi.
AGREGIRLASH - alohida birliklar yoki ma’lumotlarni bitta ko'rsatkichga
birlashtirish. Masalan, bozor iqtisodiyotida qog'oz va tanga pullar,
chekli qo'yilmalar, kredit kartochkalari, muddatli yirik qo'yilmalar
va shu kabilar mavjud. Agregirlash natijasida ular guruhlarga
ajratilgan, ular pul agregatlari deyiladi (
Dostları ilə paylaş: