Gipotezalarni statistik tekshirish asoslari Gipoteza tushunchasining lug‘aviy mazmuni shundan iboratki, u grekcha hupothesig - asos, faraz so‘zidan olingan bo‘lib, biror hodisa haqida oldindan bildiriladigan, tajribada tekshirish va nazariy asoslanish talab qiluvchi ilmiy taxminni anglatadi.
Statistik gipoteza tanlanma ma’lumotlari asosida tekshirish mumkin bo‘lgan bosh to‘plam xossasi haqida oldindan aytilgan ilmiy taxmindir.
Statistik gipoteza deb tanlanma ma’lumotlariga asoslanib tekshirish mumkin bo‘lgan bosh to‘plam xossasi haqidagi taxminga aytiladi. U lotincha N harfi bilan odatda belgilanadi. Masalan, bosh to‘plam o‘rtacha ko‘rsatkichi biror miqdorga teng yoki undan katta yoki undan kichik yoki teng emas deb faraz qilish mumkin.
Bosh to‘plamning miqdoriy belgilari (parametrlari) haqidagi statistik taxminlar parametrik gipotezalar, uning taqsimotlari haqidagi farazlar noparametrik gipotezalar deb yuritiladi. Tanlanma ma’lumotlariga asoslanib bosh to‘plam xossalari haqidagi statistik xulosa chiqarishda ko‘pincha nol - gipoteza ishlatiladi.
Nol-gipoteza - ikkita to‘plam taqqoslanadigan belgilariga qarab bir biridan farq qilmaydi deb aytilgan taxmindir:
Bir yoki bir nechta belgilariga qarab taqqoslanayotgan ikkita to‘plam bir biridan tafovut qilmaydi deb bildirilgan taxmin nol-gipoteza deb ataladi. Shu bilan birga faraz qilinadiki, solishtirilayotgan miqdorlar aslida birday bo‘lib, bir biridan farq qilmaydi, ammo tajribada tanlanma tekshirish natijasida olingan qiymatlari o‘rtasidagi tafovut tasodifiy xarakterga ega. Masalan,
Demak, nol-gipoteza zaminida to‘plamlar o‘rtasida muntazam farqlar bo‘lishi yoki bir belgi ikkinchisiga muntazam ta’sir etishi uchun obyektiv sabablar yo‘q degan mulohaza yotadi.
Muqobil gipoteza - bu taqqoslanayotgan ikkita to‘plam ko‘rsatkichlari orasida muhim farq mavjud deb aytilgan taxmin.
Nol-gipoteza mantiqqa zid xususiyatga ega. Uning ajoyib jihati shundaki, u o‘z mohiyatiga butunlay qarama-qarshi fikrni - muqobil gipotezani tekshirish uchun xizmat qiladi.
Nol-gipoteza haqqoniy bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham tanlanma bo‘yicha olingan natija ehtimoli kichik bo‘lsa, u tasodifiyat girdobidan chiqmasa, muayyan nol-gipoteza inkor qilinib, muqobil gipoteza N1qabul qilinadi, ya’ni deb hisoblanadi.
Nol-gipoteza inkor qilinishiga olib keladigan tanlanma bo‘yicha aniqlangan natija bo‘lishi mumkin emasligi yoki kam ehtimolligini belgilovchi chegara mohiyatligi odatda = 0,05, ya’ni 5% yoki 0,01 yoki 0,001 deb hisoblanadi. Agarda «uch sigma» qoidasiga binoan ish tutilsa, xato ehtimoliy muhimlik darajasi = 0,0027 teng bo‘lishi kerak. Ammo mazkur daraja uchun mezon qiymatlari kamdan-kam aniqlanadi: odatda ular 0,05; 0,01; 0,001 xato ehtimolliklari uchun hisoblanib, statistik - matematik jadvallarda keltiriladi.