Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Vaznli o‘rtacha indekslar



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə165/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Vaznli o‘rtacha indekslar



Vaznli agregat indekslar murakkab hodisalar o‘zgarishini ayrim elementlarning ahamiyati va vazmindorligini hisobga olib ta’riflaydi.
Inson hayotida, turmushimizda barcha hodisalar birday ahamiyat kasb etmaydi, ayrimlari muhim rol’ o‘ynasa, salmoqli qimmatga ega bo‘lsa, boshqalari ikkinchi o‘rinli hisoblanadi, ular ichida ahamiyatsizlari yoki arzimaydiganlari ham uchrab turadi. Shunday qilib, turli xil hodisalar o‘zgarishini yagona indeksda umumlashtirish uchun ularning ahamiyatini nazarda tutib, har xil vazmindorlikda hisobga olish zarur. Bunday indekslar vaznli umumiy indekslar deb ataladi. Ular vaznsiz indekslarga o‘xshab ikki usulda tuziladi: biri- yakka indekslardan tortilgan (vazmindor) o‘rtacha indekslar hisoblash, ikkinchisi- ayrim indekslashtirilayotgan ko‘rsatkichlarni vazminlashtirib umumiy agregat barpo etishga asoslanadi. Ilk bor ingliz olimi Artur Yung vaznsiz baho indekslarini teng vazmindor bo‘lgani uchun tanqid qilib, 1811 yilda o‘rtacha baho indekslarini vaznli shaklda tuzishni taklif etdi va amalda qo‘lladi:
(11.20)
bu yerda: W -Yung vaznlari
Hozirgi zamon statistika amaliyotida tortilgan arifmetik o‘rtacha indeks quyidagicha tuziladi:
bu yerda uy ho‘jaliklarining umumiy agregat xarajatlarida ayrim tovar va xizmatlar (yoki guruhlarning) salmog‘i, Wi ayrim tovar va xizmatlar xarid xarajatlari, Wj umumiy uy ho‘jaliklari budjet xarajatlari. Odatda vaznlar bazis davr holatida olinadi. Bu holda miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun tortilgan o‘rtacha arifmetik indeks bazis vazinli agregat indeksga teng. Chunki: sifat ko‘rsatkichlar uchun ham bu indeks bazis vazinli agrugat indeksga barobar. Chunki:
11.3-jadval
O‘zbekiston iste’mol baholari indekslari (2004 y.)*






Vazn dekabr
2009 y

I Chorak 2009

II Chorak 2009

III Chorak 2009

IV Chorak
2009

2004/2003




d
















tovarlar jami

0,85544

97,0

94,8

99,4

101,4

98,0

shu jumladan



















Oziq-ovqat

0,63560

93,6

90,9

97,4

100,1

95,3

nooziq-ovqat

0,21884

107,3

105,6

105,8

105,6

106,3

Xizmatlar

0,14556

128,4

125,6

120,4

122,3

123,6

Umumiy indeks

1,0000

100,7

98,7

102,6

104,6

101,6

* Manba O‘zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T.: 2005, 25-b.

Bu yerda indekslar quyidagi tartibda hisoblangan. Masalan III chorak 2004 y: a) tovarlar guruhi uchun:



b) tovar va xizmatlar uchun



Vaznli o‘rtacha indekslarni tortilgan garmonik o‘rtacha indeks shaklida ham tuzish mumkin:
(11.22) Agar vaznlar joriy davr holatida tuzilgan bo‘lsa, u holda sifat ko‘rsatkichlar (masalan, baholar) uchun:

Demak, sifat ko‘rsatkichlar uchun joriy vaznli garmonik o‘rtacha indeks joriy vaznli agregat indeksga teng. Miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun ham u joriy vaznli agregat indeksga barobar,
chunki (11.22a)
Vaznli o‘rtacha indekslar tortilgan geometrik o‘rtacha shaklida ham tuzilishi mumkin
(11.23)
Vaznli o‘rtacha indekslar ichida amalda qo‘llanishi jihatidan eng qulayi tortilgan arifmetik indekslardir. Ularning surati ham, maxraji ham iqtisodiy ma’noga, predmetlilik xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu indekslarni keng qo‘llanishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin