Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


-savol bo’yicha dars maqsadi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə166/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

3-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Bazis vaznli agregat indekslar haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

  • Laspeyres indekslari mohiyati va qo`llanilishini farqlay olish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Bazis vaznli agregat indekslar haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

  • Laspeyres indekslari mohiyati va qo`llanilishini farqlay olish.



3-asosiy savolning bayoni:
Agregat so‘zi lotincha “agregatus” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zaro biriktirish, birga qo‘shish, uzviy birlashtirish degan lug‘aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko‘rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig‘ma, to‘plama ko‘rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o‘lchaydi.

Agregat indekslar – bu turli xil ko‘rsatkichlarni umumiy o‘lchovga keltirib, olingan yig‘ma natijalarni taqqoslash hosilasidir.
Ana shunday ko‘rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o‘zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o‘zgarishini ta’riflaydi.
Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko‘rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat.
O‘z-o‘zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo‘lganligi uchun ularning ko‘rsatkichlarini bevosita qo‘shib bo‘lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o‘lchovli ko‘rinishga keltirish lozim, so‘ngra agregat ko‘rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo‘shimcha ko‘rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o‘zgarmas miqdor bo‘lishi shart. Shu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko‘rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo‘lishini ham aniqlaydi.
Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin:
sifat ko‘rsatkichlari uchun (11.24)
miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun (11.25)
Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog‘langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko‘rsatkich bajaradi. U o‘zgarmas miqdor maqomida bo‘lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi:
miqdoriy ko‘rsatkichlari uchun (11.26)
sifat ko‘rsatkichlari uchun (11.27)
Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871 yilda nemis olimi E. Laspeyres asoslagan. Indekslar nazariyasida ular Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 11.1-jadvalga binoan,





Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin