Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?
Kuzatish obyekti nima va u qanday tartibda chegaralanadi?
Kuzatish birligi nima? Hisob birligi-chi?
Kuzatish subyekti nima?
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
|
O’qituvchi,
10 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi,
10 minut
|
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
Variatsiya mohiyati va uni statisitk o‘rganish zaruriyati ni tushuntirib bera oladi.
Variatsiya kengligi va ko`rsatkichlarini izohlay oladi;
Dispersiya va kvadratik o‘rtacha tafovut xossalari;
Dispersiyalarni qo‘shish qoidasi va undan bozor hodisalarni tahlil qilishda foydalanish yo‘llari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Variatsiya, variatsiya kengligi, dispersiya (o‘rtacha kvadrat tafovut), kvadratik o‘rtacha tafovut, shartli moment usulda dispersiya hisoblash, umumiy dispersiya, juz’iy dispersiya, qismlararo (guruhlararo) dispersiya, dispersiyalarni qo‘shish qoidasi, muqobil belgi dispersiyasi, o‘rtacha absolut tafovut (modul), nimkvartil kenglik, variatsiya koeffitsiyentlari, geometrik dispersiya, asimmetriya, pirson asimmetriya koeffitsiyenti, taqsimot asimmetriyaligi koeffitsiyenti, ekstsess, moment, oddiy moment, markaziy moment, shartli moment, o‘tkir va yassi uchli taqsimot, chap va o‘ng yoqlama og‘ishgan taqsimot, kontsentratsiyalashish koeffitsiyentlari, Lorens egri chizig‘i, E.Jini kontsentratsiyalanish koeffitsiyenti, bozorni monopollashtirish ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishni ixtisoslashish ko‘rsatkichlari.
Dostları ilə paylaş: |