146
aholi bandligini oshirish maqsadida tuzilib, xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirshishni rag‘batlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻg‘ri
amalga oshirishga imkon beradi.
Mustaqil kichik va oʻrta biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni, shu jumladan, xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishni doimiy rag‘batlantirish zarur. Bunday investitsiyalar oqimi
iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar ancha tezlashishi mumkin. Xususiy
tadbirkorlarning rivojlanish istiqbollari amalda cheklan-magan. Bundan
tashqari, respublikada oʻz koʻlamlari va sifati boʻyicha yetarlicha katta
boʻlgan tadbirkorlar qatlami vujudga keldi. Ularning qonun va hukumat
qarorlari doirasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi va himoya
qilinishi xususiy tadbirkorlikni yanada
samarali rivojlantirishga
imkoniyat yaratadi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi va koʻp bolali ayollar, oʻsmirlar,
pensionerlar va nogironlarning faoliyatini turli xil iqtisodiy va ijtimoiy
imtiyozlar va kvotalangan ish joylarini taqdim qilish yoʻli bilan
rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish ishchi kuchiga talabni
oʻstiruvchn iqtisodiy tadbirlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bola tarbiyalash vaqtini (kelajakda bola yetti yoshga yetgunga
qadar) va unga beriladigan nafaqa miqdorini doimiy oshirib borish
mehnat bozoridan va iqtisodiyotning tarmoqlaridan yosh bolali
ayollarni ixtiyoriy ravishda “tortib olishga” imkoniyat yaratadi. Ular
oilaviy ishlar bilan koʻp shug‘ullanganliklari
sababli ish joylarida
yuqori ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydilar. Kichik yosh bolali
ayollarning “sun’iy” ishsizligini kamaytirishning muhim usuli - ularni
bolani tarbiyalash boʻyicha haqiqiy faoliyatini rag‘batlantirish va uni
rasmiy tan olish. Buning uchun, bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi-
ning ishsizlik boʻyicha nafaqasiga sarflanuvchi mablag‘larini ijtimoiy
sug‘urta jamg‘armasiga qayta taqsimlash va ularni ayollarga tegishli
ijtimoiy toʻlovlar sifatida berish lozim.
Koʻp bolali ayollar faoliyatini iqtisodiy ragbatlantirish qishloq
xoʻjaligi
mahsulotlarini
qayta
ishlash
va
tayyorlash
bilan
shug‘ullanuvchi
korxonalarda, ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilma
tashkilotlarida, xususiy xoʻjaliklarda kvotalangan ish joylarini
yaratishni koʻpaytirish va uyda mehnat qilish koʻlamlarini kengaytirish
orqali amalga oshirilishi mumkin.
147
Yoshlar ishsizligi muammosini maktablarda oʻsmirlarni kasbga
yoʻnaltirishni yaxshilash va daromadlar keltiradigan ishlarning turlarini
koʻpaytirish yoʻllari bilan hal qilish mumkin.
Mehnatga qobiliyatli pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan
ish joylarini tashkil qiluvchilarga imtiyozli kreditlar berish va ularning
daromadlariga pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash kerak.
Ishchi kuchi taklifini rag‘batlantiruvchi
soliq stavkalari muhim
iqtisodiy tadbirlar guruhiga kiradi. Daromad solig‘i stavkasining oʻsishi
yollangan xodimlarning yangi ish joylariga taklif kamayishiga olib keladi.
Shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislarning qoʻshimcha ishga
qiziqishlari susayadi. Soliq stavkasi oshishi koʻpchilik aholining ish bilan
bandligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun bunday tadbirlarni amalga
oshirishdan avval uning oqibatlarini kompleks tahlil qilish kerak.
Ishchi kuchi taklifi kamayishiga olib keluvchi
Dostları ilə paylaş: