Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – umuman, respublika
bo‘yicha mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir.
Shu bilan bir qatorda, mehnat bozorining shakllanishiga bevosita
ta’sir koʻrsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-
iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjudki, ularni biz quyida
batafsilroq koʻrib chiqamiz.
Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti
boʻlib yollanma xodimlarni oʻz ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy
mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy
mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki,
20
mazkur subyektlarni oʻzaro almashuv munosabatiga kirishishiga ular-
ning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy
iste’molchilik yotadi. Ular ham, oʻz navbatida, qayta takror ishlab
chiqarishda qishloq aholisi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli
ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishida namoyon boʻladi.
Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif
oʻrtasidagi muvozanatga erishish uchun oʻzaro raqobat qilishga tayyor
erkin va teng huquqli sheriklarning iqtisodiy munosabatlarda boʻlish-
larini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy
erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtayi nazaridan oʻzaro bog‘langan
hamda bir-birlariga qaram boʻlsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish mehnat bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi . Ammo bunday muvozanat mavjud
emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi
sonining oʻnta talab miqdoriga nisbatan tez oʻsishi.
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy oʻzgarishlar hozirgi
sharoitda mehnat bazorida ishchi kuchiga talab va uning taklifining
yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlardan
hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida yangi ish
joylarini
yaratishni
va
mamlakatimizning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida sifat oʻzgarishlarni asoslab beradi. Bunday sharoitlarda,
bir tomondan, mehnat bozorining yangi segmentlari agrosanoat
majmuasi va ijtimoiy-ishlab chiqarish, infratuzilmasining koʻp jonli
mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish boʻg‘inlarini
qamrab olsa, boshqa tomondan, iqtisodiyotning an’anaviy sekgorlarida
bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi.
Ishchi kuchi narxining oʻzgarishi mehnat bozori shakllanishining
muhim iqtisodiy sharti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishni amal-
ga oshirayotgan mamlakatlarda ish haqi haqiqiy darajasining pasayishi
tendensiyasi kuzatiladi. Nazariy jihatdan bunday vaziyatda ish haqini
ishchi kuchi qiymatidan pastroq belgilash uchun qulay imkoniyatlar
yaratiladi. Ammo bunday imkoniyatlardan foydalanishni davlat qonun-
chilik yoʻli bilan “toʻsib qoʻyish”ga harakat qiladi. Shu maqsadda
minimal ish haqi va kun kechirish uchun zarur miqdor darajasi rasmiy
ravishda belgilanadi. Bunday holda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor
21
iqtisodiyoti normal faoliyat koʻrsatganda minimal ish haqi kun kechirish
uchun zarur miqdor darajasidan kam boʻlmasligi lozim.