17
kelishi bilan mehnat bozorining aksariyat
Yevropa va hattoki jahon
miqyosida harbiylashuvi yuzaga kelgan edi.
Siyosiy tuzumning almashinishi ham shu xildagi oʻzgarishlar
uchun zamin hozirlaydi. Bunga misol qilib insoniyat tarixidagi eng yirik
siyosiy oʻzgarishlar (masalan, demokratik bozor munosabatlarining
bunyodga kelishi va h.k.lar)ni keltirish mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarning
mehnat bozori va mehnat
munosabatlariga ta’siriga sobiq ittifoqning yemirilishi misol boʻla oladi.
Buning natijasida nafaqat uning tarkibiga kiruvchi davlatlarda,
balki
butun jahon mehnat bozorida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi.
Qisqacha xulosalar
Mehnat bozori – ishchi kuchining «mehnatga boʻlgan
qobiliyatini» sotish va sotib olish tizimi.
Mehnat bozorining tarkibiy qismlari ishchi kuchiga talab, ishchi
kuchining taklifi, qiymati va bahosi hamda uni yollashda raqobat
hisoblanadi.
Mehnat bozori asosiy vazifalarining
bajarilishi talab va taklif
oʻrtasidagi farqning kamayishiga va aholining ish bilan bandligi
oshishiga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mehnat bozorining mohiyati nimadan iborat?
2. Mehnat bozori nima?
3. Ishchi kuchining taklifi qanday demografik tuzilishga ega?
4. Mehnat bozorining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
5. Mehnat bozorining qanday asosiy vazifalari bor?
6. Mehnat bozorining oʻziga hos xususiyatlari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: