Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116
mehnat bozorining asosiy 
tarkibiy qismlarni mukammal tadqiq qilish uning shakllanish 
jarayonini batafsil ifodalabgina qolmasdan, balki bu sohada 
yechilishi lozim bo‘lgan asosiy muammolarning aniqlanishiga ham 
imkon beradi:
ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini 
kamaytirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha xodimlar 
ozod bo‘lishini tezlatish; ish bilan band bo‘lmagan, mehnatga layoqatli 
aholining raqobatbardoshligi va malakasini oshirish, turg‘unligini 
kamaytirish va uning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash. Bu 
muammolarni mehnatni qo‘llashning noqishloq xoʻjaligi bo‘lgan 
tarmoqlarini rivojlantirish, oʻquv muassasalari va bandlik xizmatla-
rining faoliyatini yaxshilash va mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni samarali tartibga solish yoʻli bilan muvaffaqiyatli hal 
qilish mumkin. 
Qisqacha xulosalar
 
Mehnat bozori shakllanishiga ishchi kuchining «mehnatga bo‘lgan 
qobiliyati» tovarga aylanishi, erkin taklifi, ish beruvchilarning ishchi 
kuchiga mustaqil talabi, iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi, ko‘p 
mulkchilikning rivojlanishi kabi iqtisodiy, ijtimoiy na huquqiy shart-
sharoitlar bevosita ta’sir etadi. 
Mehnat bozori shakllanishida asosiy muammo bo‘lgan ishchi ku-
chiga talabning ortishi hamda uning taklifi kamayishi turli omillar
tamoyillar va cheklovchilar ta’sirida amalga oshiriladi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.Mehnat bozorining shakllanishiga qanday shart-sharoitlar ta’sir 
etadi? 
2. Mehnat bozori shakllanishining qanday tamoyillari mavjud? 
3. Mazkur bozor shakllanishining qanday omillari bor? 
4. Ishchi kuchiga talab va taklifning shakllanishiga nimalar toʻsiq 
boʻladi? 
Asosiy adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 
1992. 


27 
2. Киселов И.Й. Трудовой договор при капитализме: 
проблемы найма и увольнения. –М.: «Наука», 1989. 
3. Xolmoʻminov Sh. R. Mehnat bozori shakllansa. – «O‘zbekiston 
qisloq xoʻjaligi» jurnali, 1997, №1. 
4. Xolmoʻminov Sh. R. Моделирование сельского рынка труда. 
–Т.: «Fan», 1996.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin