Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko ‘
rsatkichlarining oʻzgarishi bilan aniqlanadi : mavjud boʻlgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari;
investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi;
iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar; mulkchilik shakllarining turli-
tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning toʻlovga qodir emasligi
(bankrotligi) va h.k.lar.
O‘zbekistan sharoitida mehnat bozorini samarali shakllantirishga
toʻsiq boʻladigan bir qator cheklovchilar ham mavjud: mehnatning
qo‘llanilishining noqishloq xoʻjaligi mintaqalari yaxshi rivojlanma-
ganligi; mehnat haqining past darajasi; iste’mol tovarlarining qimmat-
lashuvi; yollanma ishchi kuchining malakasi va safarbarligi pastligi; ish
beruvchilarning yetarlicha tajribaga ega emasligi va h.k.lar.
Shu bilan birga oʻtish davrida noqishloq xoʻjaligi mehnat
mintaqalarining yetishmasligi, ish xaqining past darajasi va iste’mol
tovarlarining qimmatlashuvi, xom ashyolar yetishmasligining koʻpay-
gani, mahalliy kadrlar malakasi va mobilligi darajasining pastligi ishchi
kuchiga talabning oshishiga asosiy oʻsiq boʻlmoqda. Xodimlar
mehnatining yakuniy natijalari qadrsizlanishi mulkning davlat tasarru-
fidan chiqarish va xususiylashtirish samaradorligini oshirishga toʻsiq
boʻluvchi asosiy iqtisodiy vositalardan biridir. Bu sohada ijobiy
natijalarsiz bozor iqtisodiyotining asosiy harakat qiluvchi kuchlari –
tadbirkorlar, ya’ni mehnat bozorida ishchi kuchining xaridorlari paydo
boʻlishi mumkin emas.
Ish beruvchilar malakasining pastligi va ularda tadbirkorlikka
tajriba koʻnikmalari yetishmasligi mehnat bozorining shakllanishi
yoʻlida jiddiy toʻsiq boʻlmoqda. Bu muammolarni ijobiy hal qilish
uchun tadbirkor «Biznes», «Marketing», «Menejment», «Bank ishi»,
«Axborot texnologiyasi» kabi fanlarni, xorijiy tillarni mukammal
bilishlari, sanoat mehnatining hal qiluvchilik oʻrnini tushunishlari va uni
boshqa har qanday mehnatdan yuqori baholay olishlari uchun ma’lum
vaqt va sharoitlar kerak.