Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
 
 


28 
III BOB 
 
MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISH 
 
3.1. Mehnat bozorini tartibga solishning ahamiyati 
 
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov oʻzining 
«O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida» kitobida 
mehnat bozorini boshqarish va bandlik siyosatini faol oʻtkazish, 
respublikaning mehnatga yaroqli aholi zich joylashgan tumanlarida 
kichik va oʻrta korxonalarni ustuvor rivojlantirish hisobiga yangi ish 
joylari bunyod etishni rag‘batlantirish masalalariga katta e’tibor bergan. 
Shu munosabat bilan mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-
larni tartibga solish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-
lar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini 
belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarini hal qilish, ijtimoiy-mehnat 
mojarolarini bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilar bilan yollanma 
xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar markaziy o‘rin egallaydi. 
Mehnat 
bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy 
usullar asosida tartibga solinadi
(2-rasmga qarang). 
Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O‘zbekiston Respublikasining 
«Mehnat kodeksi», Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Konven-
siyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. XMT Konvensiyasining 54-bandida 
ta’kidlanganidek, «Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirkor, 
tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning 
bitta yoki bir necha tashkilot oʻrtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni 
belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar oʻrtasidagi munosabatlarni 
tartibga solish; d) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnat-
kashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni 
tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarini 
bildiradi». 
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qoʻllanishining eng 
muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda 
qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo‘ladi, ularni na qonunchilik, 
na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab boʻlmaydi. 


29 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin