8
kamayadi. Jadal mehnat bozori sharoitlarida ishsizlik – mehnatga
layoqatli aholining band boʻlmagan qismi
davra aylanishi vazifasini
bajaruvchi tabiiy hodisa.
Keynsman maktabining asoschisi J. Keyns oʻz konsepsiyasini
«Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobida bayon
qilgan. U mehnat bozorini sustkash, statistik tizim sifatida koʻrib
chiqadi, ishchi kuchi narxi (ish haqi)ni yetarli darajada qat’iy, deb qayd
etadi. Majburiy ishsizlikning mavjudligi
majmuaviy samarali talab
yetishmasligi bilan asoslangan, uni budjet va kredit-pul tartibiga
solishning samarali (ekspansiyanistik) choralari yo‘q kilishi mumkin.
Talabning yetishmasligi mehnatga pul toʻlashning
uning pasayishi
tomoniga egiluvchan emasligi oqibatida vujudga keladi, buning
natijasida talab pasayganda ishlab chiqarish hajmi va bandlik qisqaradi,
ish haqining nominal stavkalari oʻzgarishsiz qoladi.
Davlat bozorni
tartibga solib boruvchi vazifasini oʻtaydi, u majmuaviy talabni oshirib
yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yoʻq qilishi mumkin. Ishchi kuchiga
jami talab investitsiya va ishlab chiqarish
hajmlari bilan tartibga
solinadi.
Prof. V.A. Pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat
bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma
mehnat bilan band boʻlganlar va band boʻlmaganlarni qamrab oladi [8,
15-6.]. A.A. Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi:
«Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi
kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat oʻrtasida ma’lum davrda
erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar
tizimi sifatida vujudga kelgan» [7, 15-6.].
Dostları ilə paylaş: