19
II BOB
MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI
2.1. Mehnat bozori shakllanishining ahamiyati va shart-
sharoitlari
Mehnat bozori, bozor tizimining ajralmas qismi sifatida faqat
tovar ishlab chiqarish va muomalasi umumiy hukmron boʻlgandagina
vujudga keladi. Ishchi kuchi «mehnatga qobiliyati»ning tovarga
aylanishi mehnat bozori shakllanishining bosh sharti hisoblanadi.
Akademik I.A. Karimov ta’kidlaganidek,
«mehnat bozori boʻlmasa,
ishchi kuchi tovarga ayantirilmasa, bozor munosabatlari toʻg‘risi-
dagi gap-soʻzlar og‘izda qolib ketadi».
Ishchi kuchi tovarga shunday
holda aylanadiki, agap uning egasi – xodim – ishlab chiqarish vositalari
va turmush kechirish vositalaridan yuridik erkin shaxs boʻlsa. Shaxs-
ning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qoʻllash sohasi, undan
foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash huquqini rasmiy
beradi. Erkin subyekt sifatida u shaxsiy mulkchilik va oʻzining ishchi
kuchiga egalik huquqiga ega boʻladi. O‘zbekiston Respublikasining
«Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida»gi Qonunida ta’kidlanganidek,
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ishlab chiqarish va ijodiy
mehnat uchun oʻz qobiliyatlariga egalik qilish va qonunchilik man
qilmaydigan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan.
Mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majbur qilishga yoʻl
qoʻyilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band boʻlmasligi ularni javobgar-
likka tortish uchun asos boʻla olmaydi»
Dostları ilə paylaş: