22
Mehnat bozori shakllanishiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqa-
rishida ish mavsumiy boʻlganligi uchun ish bilan toʻliq band boʻlmagan
shaxslarning
koʻpchiligi
sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Bizning
baholashimizcha, 2020-yilda shu sababga koʻra,
Samarqand viloyati
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida 38,4 ming kishi, ya’ni undagi
xodimlarning 18,4 foizi ishtirok etmagan. Mavsumiy mehnat davrining
kattaligi ishsizlik xavf-xatari va hajmini oshiradi.
Hozircha qishloq
xoʻjaligida qoʻl mehnatining ulushi ancha katta. Ammo bu an’anaviy
tarmoqning ekstensiv rivojlanishi va yangi qoʻshimcha ish joylarini
yaratish imkoniyatlari kamligi hamda yer va suv resurslari yetishmasligi
tufayli cheklangan. Shu bilan birga ilmiy-texnik yangiliklar va mehnatni
tashkil qilishning ilg‘or uslublarini tatbiq etish xodimlar qishloq
xoʻjaligidan ozod qilinishini tezlashtiradi. Bu esa yuqori malakaga ega
boʻlmagan mehnatga talabni yanada kamaytiradi va ishsizlikni, ayniqsa,
koʻp bolali ayollar va yosh qizlar oʻrtasida koʻpaytiradi.
Dostları ilə paylaş: