31
bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p
hollarda
yollanuvchilarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum
etadi.
Mehnat munosabatlarini shaxsiy uslubda tartibga solish va
bandlikning qayishqoq shakllarini joriy etish – yollanuvchilar kuchidan
foydalanishni (ekspluatatsion xarakterda)
kuchaytirish hamda doimiy
ishlovchi shaxslar uchun ilgari mavjud boʻlgan ijtimoiy kafolatlardan
voz kechilishidan tashqari yana bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Jumladan, rivojlangan mamlakatlardagi
mehnat bozorlarida
doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi
shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan almash-
tirish qoida tusiga kirmoqda.
Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning
vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartno-
malar bilan qamrab olinmagan.
Shu bois davlat, ayniqsa, xo‘jalik
yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida yollashning
shaxsiy shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks
holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik boʻyicha ijtimoiy
toʻlovlarni ancha koʻpaytirishga majbur boʻlib qoladi.
Soʻnggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki respub-
likamizda, bir tomondan,
tadbirkorlik, ishchilarni yollab ishlatish
buyicha xususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan esa, kam ta’minlangan
hamda ijtimoiy jihatdan
yetarli darajada himoya qilinmagan aholi orasida ishsizlar soni oshib
boryapti. Bularning hammasi mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali
hududiy usullarini,
ularni mehnat resurslari ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga bolgan
holda, tadkiq etishni talab qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: