30
3.2. Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga
solishdagi o‘rni
Mehnat bozori munosabatlarini tartibga solish kompleks
shartnoma tizimining qayishqoqligi, shuningdek, munosabatlari
sohasida tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini roʻyobga chiqarish
haqidagi keng yoyilgan to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lishdir
. Ayrim
xodim muzokaralarda o‘zidan ancha kuchli sherigi – ish beruvchiga
nisbatan yakka tartibda amalga oshiradigan xatti-harakatlari bilan
qarshilik ko‘rsata olmaydi. Boz ustiga, jamoaviy shartnomaga ko‘ra,
malakasi past hamda yetarli darajada yuqori unum bilan ishlay
olmaydigan ishchi kuchining ish joyi muayyan muddatga saqlab
turiladi. Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga
erishish muhim ahamiyatga ega. Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat
bozoridagi xo‘jalik subyektarining o‘zaro munosabatlaridagi mojaro-
larni uzicha bartaraf eta olmaydi. Chunki ushbu mojarolar asosini
ijtimoiy manfaatlar, maqsadlar, intilishlar, talablardagi farqlar tashkil
etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi manfaatlarni kelishib olish, bir
qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish jarayonlarini
ko‘zda tutsa-da, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish
imkoniyatini ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma
shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar asosida ijtimoiy va iqisodiy
barqarorlikni ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, ya’ni
ish tashlash yoki ishdan boʻshatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga
majbur etadi.
Kelajakda jamoaviy bitimlar, shuningdek, mehnat bozori faoli-
yatini, kadrlarni o‘qitish va malakalarini oshirish hamda o‘zgartirish,
ularning ish haqi va ishsizlarni ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlarini
tartibga solish masalalarini ham qamrab oladi. Shuni qayd etib o‘tish
kerakki, asosan, jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va bevosita
davlatning tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan
ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal etilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: