75
yillari uchun toʻg‘ri mehnat sarflari aniqlangandagina yuqorida
ifodalangan uslubdan foydalanish bilan cheklanish mumkin.
Istiqbolga moʻljallangan davrdagi toʻg‘ri mehnat sarflari koeffit-
sientlarini
aniqlashda
statistik
va
normativ
uslublardan foydalaniladi.
Statistik uslub yordamida turli yillar uchun toʻg‘ri mehnat sarflari
istiqbol koeffitsientlarini aniqlashda bir xil metodikadan foydalanish
kerak, chunki metodik farqlar turli davrlardagi koeffitsiyentlarnnig
miqdorini taqqoslab tahlil qilishni mushkullashtiradi.
Normativ uslub asosida toʻg‘ri mehnat
sarflarining istiqbol
koeffitsiyentlarini aniqlashda mahsulot birligini ishlab chiqarishga
mehnat sarflari me’yori, shuningdek, obyektlar rivojlanishining texnik-
iqtisodiy koʻrsatkichlari ham qoʻllaniladi.
Mahsulotlarning sermehnatligi hisob-kitobi va istiqbolini yanada
takomillashtirish maqsadida uning dinamikasiga (oʻsishiga)
ayrim
omillar ta’sirini aniqlash zarur. Omillar ta’siri boʻyicha sermeh-
natlikning tahlili uchun
matematik statistika uslubi, xususan,
koʻpomillik modellar uslubidan foydalanish mumkin. Omillarni tanlab
olishda, birinchi navbatda, sermehnatlikka jiddiy ta’sir qiluvchi mehnat
unumdorligi
koʻrsatkichlarini
tanlash
kerak.
Tanlab
olingan
koʻrsatkichlar miqdoriy oʻlchanishi lozim.
Mahsulot sermehnatligi dinamikasining tahlili uchun omillarning
umumiy miqdoridan quyidagilar tanlab olinadi: mehnatning fond bilan
ta’minlanganligi; mehnatning energiya bilan ta’minlanganligi;
ixtisoslashtirish koeffitsiyentlari; yangi texnikani tatbiq etish xarajatlari;
kadrlar qoʻnimsizligi;
malakali xodimlar ulushi; qoʻl mehnatining
ulushi; mehnat resurslari umumiy sonidagi ishlovchilarning ulushi. Ular
asosida ishlab chiqarish funksiyasi shakllantiriladi
va mahsulot
sermehnatligi oʻsishining iqtisodiy-matematik tahlili oʻtkaziladi.
Yuqorida qayd etilgan uslublardan bir vaqtda foydalanish, ya’ni
toʻg‘ri mehnat sarflari koeffitsiyentlarini aniqlash yangi uslubining
paydo boʻlishiga asos boʻla oladi.
Ushbu
uslub
asosida
toʻg‘ri
mehnat
sarflari
istiqbol
koeffitsiyentlarini aniqlashning
Dostları ilə paylaş: