Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116
Uchinchi bosqichda
toʻg‘ri (aˢjj) va toʻliq (bˢjj) moddiy 
xarajatlarning koeffitsiyentlari aniqlanadi: 
Toʻrtinchi bosqichda
jonli va buyumlashgan mehnat sarflari 
majmuasi boʻlgan YaIM ishlab chiqarishning toʻliq mehnat sarflari 
koeffitsiyentlari aniqlanadi. 
Shu bilan birga, toʻliq mehnat sarflari koʻrsatkichlari mahalliy 
hisob-kitoblarda ijtimoiy zarur mehnat sarflari bilan bir xil emas va 
qoidaga koʻra, turli xil murakkablikdagi mehnatning aniq turlari 
miqdorini namoyon qiladi. Ular tahlil va istiqbolni belgilashning yangi 
muhim quroli boʻladi. Toʻliq mehnat sarflari koeffitsientlaridan 
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi koʻrsatkichlarini asoslashda, 
mehnat resurslari bandligi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini hisoblash-
da, toʻg‘ri, oʻtgan va toʻliq bandlik koeffitsientlarini, mehnat unum-
dorligini, ishlab chiqarish xarajatlarini va ish vaqtini aniqlashda, asosiy 
va aylanma mablag‘lar hamda investitsiyalardan foydalanish 
samaradorligi tahlilida, mahsulotlarni bir-birlarining oʻrnini bosish 
muamolarini hal qilishda, narxlarni takomillashtirish va inflatsiyani 
pasaytirishda, ish joylari bilan mehnat resurstari oʻrtasidagi ratsional 
mutanosiblikni topishda foydalanish mumkin. Toʻliq mehnat sarflari 
koeffitsiyentlarini aniqlashda S.G.Strumilii [3], I.A.Mashinskiy [5], 
S.S.Shatalin [6], L.F.Komina [1] kabi mashhur iqtisodchi olimlarning 
asarlari katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mahsulot ishlab 
chiqarish uchun toʻliq mehnat sarflari koeffitsiyentini hisoblab chiqish 
muammosini hal qilishda TAB uslubidan foydalanish istiqbolli 
yoʻnalish hisoblanadi. Bu koeffitsiyentlarni hisoblash uchun mahalliy 


73 
va jalb qilingan mehnat resurslarining jonli mehnat sarflari hamda 
mahsulot ishlab chiqarish moddiy resurslarining toʻliq xarajatlari 
koeffitsiyentlarini aniqlash kerak. 
Jonli mehnat sarflari koeffitsiyentlari mahalliy va jalb qilingan 
mehnat resurslarining ishlagan ish vaqtlari hajmi asosida aniqlanadi: 
Jonli mehnat sarflarini kishi soatida oʻlchash xodimlarning 
ishlagan ish vaqtlarini aniq ifodalaydi. Shuning uchun ulardan toʻliq 
mehnat sarflari koeffisiyentlarini aniqlashda foydalaniladi: 
bu yerda: 
– hudud tarkibiga kirmagan tarmoqlarning xarajatlarini 
biriktirib oluvchi toʻliq moddiy xarajatlar koeffitsiyentlarining 
matritsasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin