Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
IB = Ir + Idx + Inr, 
bunda: Ir – Iqtisodiyotning rasmiy sektorida (korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalarda) ish bilan band boʻlganlar; 


67 
Idx – dehqon xoʻjaliklarida ish bilan band boʻlganlar; 
Inr – iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band boʻlganlar. 
Axborot olish manbayi: 
Ir yuzasidan – korxonalar va tashkilotlarning mehnat boʻyicha 
statistika hisobotlari, soliq organlarining ma’lumotlari. 
Idx yuzasidan – statistika organlarining hisob-kitoblari va ishchi 
kuchini tekshirib chiqish ma’lumotlari; 
Inr yuzasidan – ishchi kuchini tekshirib chiqish ma’lumotlari. 
 
6.2. Mehnat sarflari tarmoqlararo balanslarini ishlab chiqish 
asoslari 
 
Mehnat resurslari bandligi kompleks tahlilining balans vositalari 
orasida yetakchi oʻrinni tarmoqlararo balans (TAB) egallaydi. Mehnat 
sarflarining TABini ishlab chiqish iqtisodiyotning barcha sektorlari va 
tarmoqlaridagi hisobot va istiqbol davrlarda toʻg‘ri va toʻliq mehnat 
sarflanishining koeffitsiyentlari yordamida xuddi shunday bandlik 
koeffitsiyentlarini topishga imkon beradi. Bu balans ishchi kuchiga 
talabning vujudga kelishini, ish joylari bilan mehnat resurslari oʻrtasi-
dagi ratsional nisbatlarni, ishchi kuchiga talabning va uning taklifiga 
mosligini, iqtisodiyotning tarkibiy oʻzgarishlarini, ularning bandlik 
darajasiga va mehnat resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash istiq-
bollariga ta’sirini hamda mehnat bozori ekonometrik modellari 
kompleksini axborotlar bilan ta’minlashni asoslashni kuchaytiradi.
Odatda, TABni ishlab chiqishda tarmoq yondashish uslubi va 
«xarajatlar – ishlab chiqarish» tamoyili
qoʻllaniladi, unga muvofiq 
iqtisodiyot oʻzaro bog‘langan tarmoqlari majmuasidan iborat. 
Iqtisodiyotdagi oʻzaro bog‘langan tarmoqlarning eng toʻliq va 
aniq ta’rifini funksional yondashish uslubi asosida olish mumkin. Uning 
xususiyati shundan iboratki, butun hudud oʻzaro bog‘langan ishlab 
chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi quyidagi sektorlar majmua-sidan 
tashkil topgan, deb qarash mumkin: qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat 
koʻrsatish, shaxsiy mehnat
3

3
Funksional yondashish asosida mehnat sarflari TAB tuzilishi asosida Samarqand viloyati 
iqtisodiyotining tarmoqlari o‘zaro bog‘langan to‘rtta ishlab chiqarish (dehqonchilik va 
chorvachilik tarmoqlari); sanoat (go‘sht-sut, meva-sabzavot va vinochilik, novvoychilik, un-
yormalar, oziq-ovqat, paxta tozalash, mahalliy, (yengil) va qurilish materiallari sanoati 


68 
Bunday yondashish iqtisodiyotning barcha sektorlarida moddiy, 
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanishning tahlili va istiqbolini 
belgilashni yaxshilaydi. Shuning uchun hududda mehnat sarflari 
TABini ishlab chiqishda funksional yondashish qoʻllaniladi. U bandlik 
darajasini, iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlarida mehnat 
resurslaridan foydalanish, taqsimlash hamda ular oʻrtasidagi mehnat 
mutanosibligini toʻg‘ri aniqlaydi. Uning asosida hududida mehnatga 
qobiliyatli aholi bandligi sektorlari tarmoqlarida mehnat sarflarining 
TAB chizmasi ishlab chiqilgan. U toʻrtta (I–IV) boʻlimdan iborat
(4- rasmga qarang). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin