177
hissiyotlarini va qoʻl mayda motorikasini rivojlantiradi.
Qirqib
yopishtirish mashgʻulotlari bolalarda tozalik, diqqatni jamlash kabi
sifatlarni ham tarkib toptiradi. Qirqib yopishtirishning
individual va
jamoa shakllari turli mazmunda boʻlishi mumkin.
Qirqib yopishtirish turlar boʻyicha uch xilga boʻlinadi:
- predmetli qirqib yopishtirish;
- syujetli - mavzuli qirqib yopishtirish;
- dekorativ qirqib yopishtirish.
Qirqib yopishtirishni bajarish jarayoni ikki bosqichdan iborat:
- shakllarni qirqish;
- shakllarni fonga yopishtirish. Qirqib yopishtirish badiiy bezash
vositasi sifatida oʻziga xos dekorativ joziba yaratadi. Qirqib
yopishtirishni oʻqitishda quyidagi masalalar yechiladi:
1. Geometrik shakllar va oʻsimliklar qismlaridan badiiy bezak
tuzish;
2. Karton yoki matoga
aniq bir ritmda joylashtirish;
3. Syujetni tasvirlash;
4. Predmet tasvirini alohida boʻlaklardan yaratish;
5. Qirqib yopishtirish uchun detallarni har xil materiallardan,
turli texnika orqali tasvirlashni oʻzlashtirish;
6.
Qirqishning turli uslublari, yirtish ularni asosga joylashtirish
texnikasi bilan yopishtirish, tikish va h.k.
7.
Rangni sezishni shakllantirish, asosiy rang va tuslarni bilish,
rang birikmalarini tuzish mahoratini oʻzlashtirish;
8. Shakl, nisbat, kompozitsiya hissini
shakllantirish;
9. Geometrik
shakllarni ajratish, ularni nomini bilish;
10. Asosiy va qoʻshimcha ranglar bilan tanishtirish;
11. Hajm va sonlarni bilish;
12. Kompozitsion mahorat malakalarini shakllantirish;
13. Syujetli qirqib yopishtirishda predmet (buyum yoki
narsa)larni
joylashtirish.
Dostları ilə paylaş: