Muharrir:
B.R.Adizov,
BuxDU professori, p.f.d.
Taqrizchilar:
G.Sh.Karimova,
Buxoro viloyat maktabgacha taʻlim
boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
M.M.Axmetjonov,
BuxMTI professori, p.f.n.
Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta
maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli
buyrugʻiga asosan nashr etishga ruxsat berilga. Roʻyxatga
olish raqami 166/2-001.
ISBN 978-9943-8630-9-5
3
KIRISH
Taʻlim tizimini tashkil etishning samarali mexanizmlarini joriy
etish oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʻnaviy-axloqiy va intellektual
rivojlantirishini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarishning eng muhim
sharti hisoblanadi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonida taʻlimning
innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi.
Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar
taʻlimning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini
qayta koʻrib chiqish va bu jarayonga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni
taqozo etmoqda.
Xususan,
shu
kunlarda
maktabgacha
taʻlim
tizimini
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ushbu
tizimining ham mazmuni va shakllarini takomillashtirish zaruratini
keltirib chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha taʻlim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2707-sonli,
2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʻlim tizimi boshqaruvini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli
Farmoni, 2017-yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha taʻlim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3261-sonli Qarori,
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda
qabul qilingan OʻRQ-595-sonli “Maktabgacha taʻlim va tarbiya
toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2020-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 802-sonli “Maktabgacha taʻlim va
tarbiyaning Davlat standartlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori kabi
hujjatlarning qabul qilinishi ushbu tizimning mamlakatimiz taʻlim
tizimi uchun nechogʻlik muhimligini koʻrsatmoqda. Bu meʻyoriy-
huquqiy hujjatlar zamirida maktabgacha taʻlim tizimini zamonaviy
talablar darajasiga olib chiqish orqali kelajagimiz davomchilarining
toʻlaqonli rivojlanishi uchun shart-sharoirlar yaratishdan iborat. 2020-
yil 24-sentyabrda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining
“Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonununing 8-moddasi aynan “Maktabgacha
taʻlim va tarbiya”ga bagʻishlangan boʻlib, unda Maktabgacha taʻlim
va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual,
maʻnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek, bolalarni umumiy oʻrta taʻlimga tayyorlashga qaratilgan
4
taʻlim turi ekanligi, maktabgacha taʻlim va tarbiyaning olti yoshdan
yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʻlimga bir yillik
majburiy tayyorlashni ham nazarda tutishi, maktabgacha taʻlim va
tarbiyani
tashkil
etish
tartibi
ushbu
Qonun,
shuningdek,
«Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston
Respublikasi Qonuni bilan belgilanishi haqida batafsil maʻlumotlar
berilgan.
Uzluksiz
taʻlim
tizimida
innovatsion
texnologiyalarning
rivojlanib borishi, taʻlimning yangi metodlaridan keng foydalanish,
moddiy-texnika
bazasini
modernizatsiya
qilish,
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan taʻlim jarayonida
samarali foydalanish, masofaviy taʻlimni joriy etish, taʻlim
tashkilotlarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi,
taʻlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning hamda taʻlim sifatini
boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etish tizimni
rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahon taʻlim tizimida kreativ fikrlashni
kuchaytirish va yangi texnik fikrlashni izlashning nazariy asoslari va
uslubiy vositalarining rivojlanishi yoʻnalishi paydo boʻldi. Bu shuni
koʻrsatadiki, ijodkorlikning ilmiy asoslarini rivojlantirish, kreativ
jarayonni kuchaytirish usullarini ishlab chiqish, innovatsion taʻlim
metodlarini oʻrgatish, ilmiy, loyihalash va konstruktorlik va
texnologik tashkilotlarda, korxonalar va universitetlarda ijod uchun
qulay sharoitlar yaratish dolzarb ehtiyojga aylandi.
Zamonaviy taʻlim mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatida
muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini yaratishi uzoq vaqtdan maʻlum.
Taʻlim jarayonida zarur bilim va koʻnikmalar, kasbiy munosabat,
faoliyatning ayrim turlariga va uning tuzilishiga tayyorlik toʻplami
shakllanadi. Taʻlim maʻlum qobiliyatlarning rivojlanish darajasini
belgilaydi va hatto mutaxassisning individualligi yoki shaxsiy
xususiyatlarini toʻgʻrilaydi va shakllantiradi.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“Maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgrisida” 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori
hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat oʻquv
dasturi ijrosini taʻminlash, maktabgacha taʻlim tashkilotlarida
yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning taʻlim-
tarbiya jarayonidagi masʻuliyatini oshirish, tarbiyachi faoliyatining
5
muvaffaqiyati avvalo taʻlimiy prinsip (qonuniyat)larni qanchalik
toʻgʻri amalga oshirishiga bogʻliq. Taʻlim qonuniyatlari bu - oʻqitish
jarayoniga qoʻyiladigan talablar yigʻindisidir.
Taʻlim prinsip (tamoyil)lari deb, taʻlimning barcha bosqichlari
va hamma predmetlarini oʻqitish uchun asos boʻladigan qonuniyatlar,
qoidalarga aytiladi. Taʻlim qonuniyatlari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi
orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevral
kuni
eʻlon
qilingan
farmoni
asosida
2017—2021-yillarda
Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha
Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Bu strategiya loyihasi oʻta dolzarb
boʻlib, aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni
kompleks oʻrganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti
va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari boʻyicha ishlab chiqildi.
Hujjat internetda eʻlon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng
muhokamasidan oʻtdi. Ijtimoiy sohalarning rivojlantirishida milliy
mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va
umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida taʻlimning barcha
darajalari va boʻgʻinlarida taʻlim oluvchilarning maʻnaviy va axloqiy
fazilatlarini rivojlantirishga hamda taʻlimni boshqarish tizimini
takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, taʻlim
tashkilotlarini mintaqalashtirishga eʻtabor qaratilgan.
Maʻlumki, qonuniyat - bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar
va jarayonlar oʻrtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa hisoblanadi.
Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar oʻquv jarayonining xarakteri, uning
vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalarini qonuniy
ravishda aniqlab beradi. Agar oʻqitish jamiyat talablarini eʻtiborga
olmasa, u holda uni, albatta, qayta koʻrish, takomillashtirish kerak.
Demak, taʻlim berish, tarbiyalash va tarbiyalanuvchilarning umumiy
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ifodalangan
qonuniy taʻlimiy aloqalarni va oʻqitish qoidalarini ilmiy asoslangan
oʻzaro bogʻlanishda qoʻllash koʻnikma va malakalarni chuqur, puxta,
ongli va taʻsirli oʻzlashtirilishini taʻminlaydi. Oʻqitishni aynan
shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, taʻsirchanlik
qoidalarini xarakterlaydi.
Taʻlimning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bogʻlangan
boʻlganligi
uchun
ham,
vazifalarda
mamlakatning
iqtisodiy
rivojlanishini
jadallashtirish
muammolari,
ishlab
chiqarishni
6
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish kabilar
asosida intensivlash oʻz aksini topishi kerak.
Har bir tarbiyachi shuni anglab yetishi muhimki, oʻquv
jarayonini samarali boʻlishi - bu, ishda oʻzini oqlagan pedagogik
qonuniyatlar, qoidalar, taʻlimiy qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi
yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan
butunlay va oʻzaro aloqada foydalanish demakdir.
Oʻqitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun
qonuniyatlar birligini va taʻlimiy qoidalarini eʻtiborga olish zarur.
Oʻqitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan
muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, bu oʻqitish qoidalari deb
ataladi. Oʻqitish qoidalarini bilish oʻqitishning zarur usullarini yanada
ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Maktabgacha taʻlim qoidalari - tarbiyachining faoliyatini va
tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning oʻzlashtirilishi,
tegishli koʻnikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yoʻl –
yoʻriqlarini oʻz ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda taʻlim qoidalari har
ikkala faoliyatni, yaʻni tarbiyachi va tarbiyalanuvchi tomonidan oʻz
oldiga
qoʻyilgan
vazifalarni
muvaffaqiyatli
amalga
oshirish
imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib
beradi.
Maktabgacha
taʻlim
tarbiyachining
faoliyati
va
tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni oʻzlashtirilishi, tegishli
koʻnikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yoʻl-
yoʻriqlarni oʻz ichiga oladi.
Har bir inson jamiyatda oʻz oʻrnini bilishi, oʻzini jamiyatning
ajralmas qismi deb his qilishi lozim, zero, bugungi kunning talabi ana
shundan iborat. Maktabgacha taʻlim esa mazkur jarayonlarda
bolalikdan ezgulik haqidagi tuygʻularni, tabiat va insoniyatga boʻlgan
munosabatni, jamiyat hayotiga masʻuliyatni, insoniyatga boʻlgan
qarashlarni goʻzallik va ulugʻvorlik asosida yaratish imkoniyatini
rivojlantirish bilan mazmunlidir.
|