Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilarni tashkil etadi: Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli
vaziyatlarda foydalana bilish koʻnikmasi.
Oʻyin kompetensiyasi – bolaning oʻyin jarayoni va uni tashkil
qilishda tajriba, bilim va koʻnikmalardan ijodiy foydalanishi. Oʻquv-
tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va
tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va meʻyorlariga rioya
qilgan holda oʻzini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok
qilish va olingan bilim, koʻnikma, malaka va qadriyatlardan oʻquv va
amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida
belgilanadi:
•
jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi;
•
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
•
nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari;
•
bilish jarayonining rivojlanishi;
•
ijodiy rivojlanish.
Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi sohasida bolalarga mashgʻulotlarni mujassamlashtirish, hayot bilan
bogʻlab
olib
borish,
bolalarda
oʻz-oʻzini
xavfli
kasalliklardan,noxushliklardan
himoya
qilish
koʻnikmalarini
rivojlantirish ishlari olib boriladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish da bolalarga asosan hikoyalar va
ertaklar asosida bir-biriga nisbatan altruizm, gʻamxoʻrlik, yordam
berish, mehr-oqibat, atrofidagilar va oila aʻzolarga ijobiy
munosabatning shakllanishi koʻzda tutiladi. Shuningdek, muloqot
vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish koʻnikmalari
rivojlantiriladi.