Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

2-qadam.
Har bir guruh oʻz vazifasi ustida ishlaydi. Vazifalar ustida 
ishlash kichik guruhlarda amalga oshiriladi (odatda 10 minut). 
3-qadam.
Kichik guruhlar qoʻshni guruhlar vazifasini oxirigacha 
yetkazishga oʻtishi kerak, yaʻni faoliyat turlari boshqa guruh aʻzolari 
tomonidan davom ettiriladi. Har bir kichik guruh oʻz faoliyatini 
toʻxtatib, doira boʻylab siljiydi.
4-qadam.
Qoʻshni guruh vazifasini oxirigacha yetkazish. Har bir 
kichik guruh yangi faoliyatni oʻz bilgani va xohlaganicha yakuniga 
yetkazadi. 5 daqiqa boshqa guruhda ishlagandan soʻng guruhlar doira 
boʻylab keyingi kichik guruhga oʻtib, boshqa faoliyat turiga oʻtadilar. 
5-qadam.
Oʻz guruhiga qaytish. Faoliyat doirasi boʻyicha oʻtishlar har 
bir kichik guruh oʻzining dastlabki markaziga qaytish bilan 
tugallanadi. Guruhlar ilk gʻoyalarning qanday yakun topganligini 
oʻrganadilar. 
6-qadam.
Ish natijalari muhokamasi. Har bir guruh navbat bilan 
oʻzlarining gʻoyalarni tushuntiradilar. Masalan, maktabgacha tahlimda 


31 
qoʻllaniladigan: qishda havo harorati, tabiat manzarasi, jonivor va 
qushlar, mevalar, sabzavotlar, transport vositalari, bayramlar, ertak 
qahramonlari, suv xususiyatlari, tabiat hodisalari va hokazo. Bolalar 
faoliyatni davom ettirish asosida yangi gʻoyalarni amalga oshirishlari 
va yangi faoliyat turini bir mashgʻulot jarayonida oʻzlashtirishi 
mumkin. 
“Enerjayzer” 
Enerjayzerlar bolalar bilan olib boriladigan faollashtiruvchi va 
tetiklashtiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar bolalar fikrini 
jamlash, ularni faollashtirib qaytib mashgʻulot jarayoniga qiziqtirish 
uchun qoʻllaniladi. Maxsus kichik hajmdagi sheʻrlarni birgalikda 
aytish va turli gavda harakatlarini musiqa sadolari ostida bajarish 
asosida bolalar qaytib faoliyat turiga moshlashadilar.
Ayiq yurar lapanglab, 
Quyon yuradi sakrab.
Ayiqning uyi katta,
Quyonniki kichkina.
Hoy olma, olma, olma, 
Meni ovora qilma. 
Biroz egil, boʻy choʻzay, 
Olmalaringdan uzay. 
Bolalarning gavda harakatlari takomillashish bilan birga ulardagi 
charchoq bartaraf etiladi.
Interfaol pedagogik texnologiyalarni maktabgacha taʻlim 
jarayoniga joriy etish maktabgacha yoshdagi bolalarning integrativ 
fazilatlarini shakllantirish, ularni zamonaviy taʻlim standartlari 
tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq atrofdagi olamni ongli 
ravishda qabul qilish usullari va vositalari, bolaning jismoniy, 
ijtimoiy-hissiy, nutq, muloqot, oʻqish va yozuv malakalari, bilish 
jarayonlari va nihoyat, ijodiy kompetensiyalarni oʻzlashtirishga 
qaratilmogʻi lozim. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin