Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Maktabgacha taʻim tashkilotida interfaol usullar“Guruhlarda



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Maktabgacha taʻim tashkilotida interfaol usullar“Guruhlarda 
ishlash”, “Rolli oʻyinlar”,“Aqliy hujum”, “Klaster”, Juftlikda 
ishlash” ni amaliyotga tadbiq etish 
"Aqliy hujum" 
Bu interfaol usul bolada ijodkorlikni rivojlantirishga yordam 
beradigan usullardan biri boʻlib, muammolarni muhokama qilish va 
ularni bartaraf etishda foydalidir. Dastlab muammo mavzusi boʻyicha 
individual fikr yuritish uchun vaqt beriladi (bu 5-10 daqiqagacha 
boʻlishi mumkin) va bir muncha vaqt oʻtgach, muammo yechimi 
yuzasidan qoʻshimcha maʻlumotlar yigʻiladi. Masalan: Bolalarga 
“Qish” mavzusida rasm chizish yoki guruhni bezatish uchun 
dekoratsiyalarni birgalikda tayyorlash vazifasi beriladi. Bu vazifa 
murakkabdek tuyulsa ham bolalar muammoni qay tarzda hal etish 
ustida fikrlashadilar. Barcha oʻzining qish fasli toʻgʻrisidagi fikrini 
bayon etadi. Baʻzilar qishda daraxtlarning koʻrinishi, qor parchalari, 
archa va ertak qahramonlari haqida gapirishsa, baʻzi bolalar archa 
bayramini tasvirlashni taklif qiladilar. Eng maqbul variant qabul 
qilinadi. Barcha bolalar qoʻlidan kelgancha bergan takliflarini amalga 
oshirishda tashabbus koʻrsatadilar va faoliyatning qandaydir qismini 
bajaradilar.
«Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya boʻlib, u 
bolalarni biron bir mavzuni chuqur oʻrganishlariga yordam beradi, 
ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq 
ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bogʻlagan holda tarmoqlashga 
oʻrgatadi. 
Bu metod biron mavzuni chuqur oʻrganishdan avval bolalarning 
fikrlash faoliyatini jadallashtirish yoki kengaytirish uchun ham xizmat 


27 
qilishi bilan afzaldir. Shuningdek, oʻtilgan mashgʻulot mavzusini 
mustahkamlash, yaxshi oʻzlashtirish, umumlashtirish hamda yangi 
mashgʻulot mavzusi bilan bogʻlashga yordam beradi. Klaster-
axborotlarni yoyish asosida koʻp variantli fikrlash, oʻrganilayotgan 
tushuncha 
(hodisa, 
voqealar) 
oʻrtasida 
bogʻlanish 
oʻrnatish 
malakalarini rivojlantiradi, erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam 
beradi.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin