Nazorat uchun savollar
1.
Rossiyaning “Maktabgacha taʻlim tashkilotlari toʻgʻrisida”gi
39
nizomida maktabgacha taʻlim tashkilotlarining qanday asosiy
vazifalari keltirilgan?
2.
Rossiya
Federatsiyasi
Hukumatining
qarori
bilan
«Maktabgacha taʻlim tashkiloti toʻgʻrisida namunaviy nizom»
qachon qabul qilindi?
3.
Qachon
Budapeshtda
Qozogʻistonning
Boloniya
deklaratsiyasiga qoʻshilishi haqida yakuniy qaror qabul
qilingan?
2.2. Fransiya va Ispaniyaning maktabgacha taʻlim tizimini va
ilgʻor pedagogik tajribalarini kuzatish va tahlil qilish
Reja
1.
Fransiya taʻlimi hamda maktabgacha taʻlim tizimi.
2.
Ispaniya taʻlimi hamda maktabgacha taʻlim tizimi.
Fransiya taʻlimi hamda maktabgacha taʻlim tizimi
.
Fransiya
jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi
oʻrinlardan birini egallaydi. Uning taʻlim tizimi ham qadimiy va boy
tarixga ega. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan
«Taʻlim toʻgʻrisida»gi qonuni 1989-yil 10-iyulda qabul qilingan
boʻlib, uning oʻzgartirilishiga taʻlim strategiyasida roʻy bergan
oʻzgarishlar, mamlakatning ichki tashqi siyosatidagi islohotlar
natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet-el pedagogikasidagi
ilgʻor texnologiyalarning mamlakat taʻlim tizimiga kirib kelishi, oʻquv
predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab boʻldi. Fransiyada
taʻlimning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini
taʻminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari
sharoitida bolalarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka
oʻrgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda
davlat maktablari, xususiy maktablar, oraliq maktablar mavjud.
Oʻqitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, oʻqish va
yozuv alohida ahamiyatga molik boʻlib hisoblanadi. Oʻquv yili 5
chorakka boʻlinadi. Fransuz maktablari boshlangʻich sinflarda oʻqish
ertalab boshlanadi, tushdan keyin esa bolalar matematika va boshqa
predmetlardan qoʻshimcha saboq oladilar. Matematika, ona tili va
adabiyot bazaviy fan, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya kabi
fanlar esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya
taʻlimida
bolalarning
goʻdaklik
chogʻidanoq
40
maktabda oʻqitish uchun tayyor holda olib kelish gʻoyat muhim
masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha
tabaqalashtirilgan:
•
kichik guruh (2- 4 yosh),
•
oʻrta guruh (4-5 yosh),
•
katta guruh (5-6 yosh).
Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) boʻlib, ularga
Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni
maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlangʻich taʻlim maktablariga 6 yoshdan 11
yoshgacha boʻlgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlangʻich maktab
bepul va majburiy. Uning vazifasi oʻqish, yozish hisoblash
malakasini berishdir. Oʻquv mashgʻulotlari ertalab soat 9 dan 12
gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda
ovqatlanish
pullik,
lekin
juda
arzonlashtirilgan
narxlarda.
Boshlangʻich sinflarda oʻqish 5 yil boʻlib, uch bosqichda amalga
oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Tayyorlov bosqichi - 1 yilga moʻljallangan. Bunda bolalar
hisoblashga, oʻqish va yozishga, kuylashga, oʻylashga, tabiat
manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy
mashqlar bilan mashgʻul boʻlishga, maktabning turli sport
tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa va mehnatga oʻrgatiladi.
Navbatdagi bosqich - elementar kurs boʻlib bu bosqichda
oʻqish 2 yil davom etadi. Bunda bolalarning tayyorlov siklida
predmetlar boʻyicha olingan bilimlari yanada takomillashtiriladi.
Boshlangʻich maktabning 3 - bosqichi - chuqurlashtirish
bosqichidir. Bunda bolalarning tayyorlov va elementar bosqichdagi
bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.
Fransuz maktablarining boshlangʻich bosqichida «Fuqarolik
taʻlimi», «Nafosat taʻlimi» ham oʻqitiladi. Nafosat taʻlimiga musiqa,
tasviriy sanʻat, sport kiritilgan. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash,
ularni ragʻbatlantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini
roʻyobga chiqarish, taʻlimda uzluksiz va vorislikni taʻminlab berish
boshlangʻich sinf bolalariga koʻyilgan bosh talabdir. Oʻquv
41
dasturining mazmunini bevosita pedagogning oʻzi belgilaydi. Bir
soʻz bilan aytganda, pedagog bolalar bilimiga toʻla masʻul ekan
uning uslub tanlashiga mustaqil harakat qilishiga ham toʻla
erkinliklar beriladi. 1990-yildagi hukumat qaroriga muvofiq
maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʻlimiga modullashtirish,
bolalarning bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab
differensiyalashtirish, yaʻni tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu
asosda tuzish huquqi berildi. Bunday dars jadvallari yillik, yarim
yillik, choraklik asosida tuzilishi ham mumkin.
Bolalar 11 yoshda boshlangʻich maktabni tugallab oʻrta
maktabga oʻtadilar. Oʻrta taʻlim esa kollejlar va litseylarda amalga
oshiriladi. Oʻrta taʻlim ikki bosqichda boʻlib, birinchi bosqichda
fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan
tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tibbiy fanlar
oʻrgatiladi. 6-5-sinflar umumiy oʻrta taʻlim beradi; 4-3-sinflarda
esa bolalarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. Birinchi
bosqich yakunlangach, bolalar kasbiy yoʻnalishlari boʻyicha
guvohnoma oladilar. Shundan keyin bolalar 15 yoshdan 18
yoshgacha taʻlim oladilar. Oʻqish 3 yil davom etib 2-sinf kichik, 1-
sinf oʻrta va yakunlovchi sinflarga boʻlinadi.
Bolalar umumiy taʻlim va texnik litseylarni tugatganlaridan
soʻng bakalavr unvoni va diplom ishi uchun imtihon topshiradilar.
Ana shunday diplomga ega boʻlganlargina oliy oʻquv yurtlariga
kirish huquqini qoʻlga kiritadilar.
Mamlakatda milliy sirtqi taʻlim markazi faoliyat koʻrsatmoqda, u
500 turdagi oʻrta, oliy professional maʻlumot berishni tavsiya eta
oladi. Odatda taʻlimning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar
tufayli maktabda oʻqishni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan
kishilar uchun moʻljallangan. Sirtqi taʻlim katta yoshlilar uchun
uzluksiz taʻlimning muhim shoxobchasi boʻlib qolgan. Ular oʻz
ixtiyorlari bilan, oʻz mablagʻlariga yoki korxonalar mablagʻi hisobiga
oʻqiydilar.
Dostları ilə paylaş: |