45
qatʻiy talab qilinadi. Toʻliq oʻrta taʻlim turli xil litsey va kasb-hunar
maktablari
tomonidan
taʻminlanadi.
Evropaning
madaniy
qadriyatlarining qariyb 60 foizi Italiyada toʻplangan. Rasmiy tili –
italyan tili boʻlib hisoblanadi.
Italiyaning umumiy oʻrta taʻlim tizimi uch bosqichni oʻz
ichiga
oladi:
•
Besh yil davom etadigan boshlangʻich taʻlim;
•
Uch yillik taʻlimning 1-bosqichi;
•
Besh yil davom etadigan oʻrta taʻlimning ikkinchi bosqichi.
Boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro
yoki xususiy maktablarda taʻlim olish huquqiga ega boʻlishlari
mumkin.
Italiyada oʻqish 6 yoshdan boshlanadi. Ular dastlab boshlangʻich
maktabda oʻqishni boshlaydilar. Boshlangʻich maktabdagi barcha
asosiy darslar oʻqish, yozish, rasm chizish,
matematika va boshqa
saboqlar majburiy hisoblanadi. Fuqarolar dinni faqat oʻzlarining
xohishlariga
koʻra
oʻrganadilar.
Oʻqish
davrida
boshqa
mamlakatlardan kelgan talabalar italyan tilini oʻrganishlari mumkin.
Italiya maktab oʻquv dasturi koʻpincha bitta chet tilini oʻqitishni oʻz
ichiga oladi. Oʻquv haftasi besh kundan iborat (taxminan 30 soat). Har
bir bosqich oxirida oʻquvchilar sinovdan oʻtkaziladi. Bunday holatda,
biz oʻrgangan raqamli “5”, “4”, “3” baholar oʻrniga, baholash uchun
(«yaxshi», «aʻlo» va hokazo) baholash tizimi qoʻllaniladi. Taʻlim
dasturi davlatga mutlaqo oʻxshashdir. Bunday maktablarning
bitiruvchilari ham sertifikat olish
uchun davlat imtihonlaridan
oʻtishadi.
Oʻquvchilar 5 yillik oʻqish muddatini tugatgandan soʻng (birinchi
2 bosqich) imtihonlarni ogʻzaki va yozma shaklda topshiradilar.
Imtihonlar natijalariga koʻra, oʻquvchilar boshlangʻich maktablarning
sertifikatlarini olishadi va keyin oʻrta maktabda oʻqishadi va bu oʻquv
oʻn toʻrt yil davom etadi. Ushbu bosqichda oʻquvchilarga italyan tili,
tarixi, geografiyasi, arifmetika va tabiiy fanlar, chet tili, sanʻat, musiqa
oʻqitiladi. Har oʻquv yilining oxirida oʻquvchilar «oʻtgan yoki
oʻtmagan» deb baholanadigan imtihonlarni topshirishadi. Oʻquvchi
oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u arifmetikadan va chet tilidan
yozma, boshqa fanlardan ogʻzaki imtihon topshiradi.
Sertifikatni olgan holda oʻquvchilar oliy oʻrta
maktab tizimiga
kiruvchi turli xil oʻquv yurtlariga borishlari mumkin. Bu kasb-hunar
46
oʻquv yurtlari (texnik institutlar,
Texnikumlar, sanʻat maktablari) va
litseylar. Ular u yerda 14 yoshdan 19 yoshgacha oʻqishadi.
Dostları ilə paylaş: