56
asoslanadi. Boshlangʻich taʻlimda bolalar 1945 kandji ieroglifdan
1006 tasini yod olishi kerak. Boshlangʻich taʻlim “syogakko” quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
-bolalarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, vataniga, oʻz
qadriyatlariga hurmat hissini oʻrgatish; -bolalarni xalqaro xamkorlik
ruhida tarbiyalash;
-ona tilidan toʻgʻri foydalanish; -iqtisodiy tarbiya berish;
-barkamol shaxsni tarbiyalash.
Oʻquv maqsadlariga aniq oʻquv fanlari boʻyicha oʻquv rejalari va
dasturlarni tayyorlash orqali erishiladi. Boshlangʻich maktabda yapon
tili jamiyatshunoslik, tabiiyot, musiqa, rasm va hunar,
uy ijodiyoti,
etika kabi fanlar oʻqitiladi, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanadilar.
Shuningdek “maxsus faoliyat” fani ham oʻqitiladi, unga klub ishlari,
majlislar, sport tadbirlari, sayohatlar, bayramlar va b. kiradi. Kam
taʻminlangan oilalarning bolalari maktab nonushtalari, turli xizmat va
sayohatlarga pul toʻlash uchun dotatsiya oladilar. Ota-onalar
farzandlarini oʻz tumanlarida joylashgan maktabga borishini
istamasalar, xususiy pullik taʻlim tashkilotiga berishlari mumkin, lekin
bu maktablarga juda qiyin tanlov orqali qabul qilinadi.
Yaponiyada maktabgacha taʻlimga katta eʻtibor beriladi,
chunki
psixologlarning taʻkidlashicha, 7 yoshgacha inson bilimlarni 70% ni,
qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida oʻzlashtirar ekan.
Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun
onalik birinchi oʻrinda turadi. Koʻpgina yapon ayollarining
aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir.
Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda
tarbiyaning turli muammolariga urgʻu beradi. Masalan, 1 yoshda –
oʻziga ishonch hissini uygʻotish, 2 yoshda – amaliy sanʻat qoʻl
mehnatini koʻrsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda –
yaxshilik va yovuzlikni farqlashga oʻrgatish, 5 yoshda – liderlik
xislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga
oʻrgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. Oʻgʻilga oilaning
boʻlajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga
oʻrgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayyorlaydilar.
Yaponiya
bogʻchalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar – “xan”larga
boʻladi. Bu bolalarga bogʻchada “oʻz ish oʻrni” ajratiladi, ular oʻz
xanlariga nom tanlaydilar. Shu tariqa eng kichik yoshdan jamoada
ishlashni oʻrgatadilar. Bu guruhdagi har bir bola guruhda oʻz oʻrniga
ega boʻlishi lozim. Bunday xanlar keyingi taʻlim bosqichida ham
57
qoʻllaniladi. Oʻrta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi
sharoitlarga tezroq koʻnikish uchun har 5 oyda oʻzgartirib turiladi.
Yaponiya bogʻchalariga 3-5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar
bogʻchalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy
qobiliyatlarini
rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib koʻnikmalarini tarbiyalash,
jamiyat hodisalariga toʻgʻri munosabatda boʻla olishni oʻrgatishdan
iborat. Shuningdek, ogʻzaki nutq, soʻzlarni toʻgʻri qoʻllashni
oʻrgatishga ham katta eʻtibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport
oʻyinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish
uygʻotiladi. Hozirgi kunda maktabgacha taʻlim tashkilotlariga 60%
bolalar jalb etilgan. Bolalar bogʻchasi Yaponiyada vatan fuqarosini
shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat,
jamoaviy ong, ijtimoiy masʻuliyat koʻnikmalarini shakllantirishga
alohida eʻtibor qaratiladi. Bolalar bogʻchasining asosiy vazifasi-bolani
maktabga tayyorlashdir.
Bu yerda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy
tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar oʻtiladi. Individuallik, u qanchalik
yaxshi boʻlmasin, bolalarni oʻziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi
tomonidan qabul qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: