Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Italiya universitetlariga kirishga tayyorgarlik



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Italiya universitetlariga kirishga tayyorgarlik 
Tayyorgarlik jarayoni litseylarda olib boriladi va quyidagi turlarga 
boʻlinadi: 

Klassik 

Texnik 

Tabiiy fanlar 
Litseylarning oʻquv tizimiga italyan adabiyoti, lotin tili, 
matematika, fizika, fan, falsafa va tarix kiradi. Oʻquvchilar 
imtihonlarni topshirishadi, shundan soʻng ularga kollejga borishga 
imkon beradigan tayyorlik sertifikatlari beriladi. 
Boshqa fanlar, shu jumladan sanʻat ham kasbiy tayyorgarlik 
institutlari, badiiy sanʻat litsey va universitetlarida amalga oshiriladi. 
Har bir oʻquv dasturi tugaganidan soʻng taʻlim tashkilotlari diplom 
berishni oʻz zimmasiga oladi. Diplomlarning quyidagi turlari beriladi: 
klassik, ilmiy, lingvistik, texnik, boshqaruv, iqtisodiy va boshqalar. 
Ushbu diplomlarning har biri Italiya universitetlariga kirishga imkon 
beradi. 
1. Universitet. 
Ushbu sektor kurslar, fanlar va sohalar, 
shuningdek, mavjud texnologiyalar darajalari va tipologiyalar soni 
boʻyicha yanada rivojlangan. 
2. Universitetdan tashqari ikkita asosiy yoʻnalish mavjud 
- Italiya Taʻlim vazirligi yoki Italiya madaniyat kengashi 
tomonidan boshqariladigan sanʻat institutlarida (dizayn oʻquv yurtlari, 
tasviriy sanʻat maktablari, konservatoriyalar) taʻlim; 
- Davlat tomonidan oʻtkazilgan kasbiy tadqiqotlar. 
Germaniya taʻlimi. Maktabgacha taʻlim. 
Germaniya Federativ 
Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlardan (viloyatlar) iborat 
boʻlib, har biri shakliga koʻra turlicha boʻlgan taʻlim tizimiga ega. 
Taʻlim tashkilotlari asosan davlat tertakrufida boʻlib, ular uchun taʻlim 
dasturiga tegishli boʻlgan davlat koʻrsatmalari mavjud. Federal 
hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan, 
moliyalashtirish masalalarida chegaralangan.
Taʻlimdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:
- birorta Federal Yerlar davlat umumtaʻlim, kasbiy oʻquv 
yurtlarida oʻqish uchun pul barcha Federal yerlarda bolalarni uydan 
maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni oʻz hisobidan 


47 
beradi;
- deyarli barcha bolalarga darslik va oʻquv qoʻllanmalarni 
qiymatining ozgina qismiga beriladi;
- maʻlum toifadagi bolalar va talabalarga mavjud federal 
qonunlarga koʻra davlat moddiy yordam koʻrsatadi.
Umuman olganda Germaniya taʻlim tizimi bir necha bosqichni oʻz 
ichiga oladi: 
1. Elementar taʻlim: maktab taʻlimining 1-bosqichiga tegishli 
boʻlib, maktabgacha tashkilotlar kiradi. Asosan bular bolalar 
bogʻchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʻlib, bu yerlarga 
bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga koʻra 
ixtiyoriydir.
2. Taʻlimning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlangʻich 
maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. Oʻqish muddati 4 yil, 
Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi taʻlimning maqsadi – 
bolalarga taʻlimning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda 
taʻlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan 
iborat. 
Maktabgacha taʻlim tizimi Germaniya taʻlim tizimida muhim 
bosqich hisoblanadi. Maktabgacha taʻlim bolalar bogʻchasida 
(Kindergarten) amalga oshiriladi. Bolalar bogʻchasiga 3-6 yoshdan 
maktab yoshigacha borishadi. Rivojlanishdan orqada qolgan yoki 
yoshi mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. 
Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bogʻchasida (nem. 
Schulkindergarten) tahsil oladilar. Bu bogʻchalar alohida FE qoidasiga 
koʻra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlangʻich taʻlim sektoriga 
boʻysinadi. Maktabgacha taʻlim majburiy emas, lekin koʻpgina FEda 
rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. 
Bolalar bogʻchalari taʻlimning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u 
davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bogʻchalarni mablagʻ bilan 
taʻminlash 
turli 
jamoat 
tashkilotlari, 
xayriya 
birlashmalari, 
korxonalari, xususiy shaxslar, 
diniy 
tashkilotlar zimmasida. 
Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarning 80% 
bogʻchalarga qatnaydilar. Bolalar bogʻchasi olmonlar boshlab bergan 
va koʻpgina xorijiy mamlakatlar tomonida oʻrganilib, qabul qilingan 
tashkilotdir. U yuqorida taʻkidlaganimizday, davlat tizimiga emas, 
balki yosh avlodni qoʻllabquvvatlash tashkilotlari tizimiga kiradi. 
1996 yildan boshlab bolalar bogʻchasiga qatnash uchun xuquqiy 


48 
meʻyorlar ishlab chiqildi. Bolalar bogʻchasiga farzandlarni berish 
ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bogʻchasiga qatnash 
uchun ota-onalardan ularning daromadiga qarab maʻlum miqdorda 
toʻlov olinadi. Sekin asta differensiallashgan taʻlim tizimi, yaʻni har 
bir bolaga uning qobiliyati va oʻqishdagi turlicha yoʻnalishiga koʻra 
moslashuvchan yondashuv kiritilmoqda. Germaniya qonunlarida 
maktabgacha taʻlim olishning bepul huquqi belgilangan. Bolalarni 4 
oyligidanoq yasliga olib borish mumkin. Koʻpchilik bu huquqdan 
foydalanadi. Ularda keksa avlod vakillari boʻlmish buvi va buvalar 
nevaralar tugʻilgandan soʻng nafaqaga chiqib, ularga qarash 
majburiyatlari tushunchasi yoʻq. Shuning uchun ota-onalar bolalarini 
bolalar bogʻchalari va yasliga berishga 
majbur boʻladilar. 
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarining (MTM) rang-barang shakllari 
va turlari hayratlantiradi. Eng qiziqarli bolalar bogʻchalari turlari 
quyidagicha:
1. Waldkindergarten (nemischa Wald soʻzidan – oʻrmon, 
Kindergarten – bolalar bogʻchasi). Bunday bolalar bogʻchalarini 
yaratish fikri Skandinaviyada boshlangan. Koʻpincha bunday 
bogʻchalar oʻrmonda joylashadi. Bolajonlar doimo ochiq havoda 
boʻladilar, daraxtlar va boshqa oʻsimliklarni oʻrganadilar, tabiiy 
materiallardan turli narsalar yasaydilar. Bolalarga tabiatni sevish va 
uni asrab-avaylash oʻrgatiladi.
2. Bauernhofkindergarten (nemischa Bauernhof soʻzidan – dehqon 
xovlisi, qoʻrgʻoni; Kindergarten – bolalar bogʻchasi). Bunday 
bogʻchalar dehqon xoʻjaliklarida, fermalar yoki ularga yaqin yerlarda 
joylashgan boʻladi. Bolalar kuchlari yetguncha fermerlarga mollarni 
boqishda, dala va bogʻlarda sabzavot va mevalar oʻstirishda yordam 
beradilar. 
3. Reggio-Kindergarten. Bunday bolalar bogʻ chalarini yaratish 
konsepsiyasi Italiyaning Rejio-Emilio shahrida paydo boʻlgan va nomi 
ham shundan olingan. Bunday maktabgacha tarbiya tashkiloti bozor 
(yarmarka) maydonini eslatuvchi – oʻrtada katta bir xona (xoll) va 
undan shaharchaning turli «mavzelariga» – kichik xonalarga 
chiquvchi inshootni eslatadi. Bunday turdagi bogʻchalarda bolalar 
joylashgan muhit asosiy tarbiyachi deb ataladi. Har kuni ertalab 
bolalar tarbiyachi bilan katta xonada yigʻilishib, kun rejasini 
maslahatlashadilar, soʻngra xonalarga tarqalishadi. Bitta xona qurilish 
va turli konstruktorlar yigʻish xonasiga aylantiriladi. Bu yerda bolalar 


49 
kubiklar oʻynashi, konstruktorlar yigʻishi mumkin. Yana rasm chizish 
xonasi ham bor, odatda u yerda boʻeqlar va devorlarga vatman 
qogʻozlar osib qoʻyilgan. Bolalarga maxsus kiyim kiygazib koʻyiladi 
va ular xohlagan yerlariga – devorlar, pol, bir-birlariga rasm 
chizishlari mumkin. Bogʻchada hunarmandchilik, musiqiy va boshqa 
xonalar ham bor. Bunday bogʻchalarda tarbiyachilar bolalarga faqat 
atrofdagi joyni oʻzlashtirishlarida koʻmaklashadilar.
4. 
Freinet-Kindergarten. 
Maktabgacha 
pedagogikaning 
bu 
yoʻnalishi oʻz nomini bolalar tarbiyasiga oʻziga xos yondashish 
usulini ishlab chiqqan italiyalik oilaviy juftlik familiyasidan olingan. 
Bu yoʻnalishning asosiy tamoyili - bolaning butunlay erkinligi va 
mustaqilligidir. Fraynet-bogʻchasida bolalar nima qilishlari, qanday 
oʻyin 
oʻynashlari, 
nima 
bilan 
shugʻul 
lanishlari, 
qachon 
ovqatlanishlari va uxlashlarini oʻzlari hal qiladilar. «Bolalar 
konferensiyasi» deb atalmish yigʻilishlarda bolalar MTM doirasida 
hulq-atvor qoidalarini oʻzlari belgilashadi. Bunday bogʻchalarda ijod 
qilish, syujet-rol oʻyinlari, eksperimentlar, tabiat qoʻyni yoki 
shaharning korxona va tashkilotlariga ekskursiyaga borishlarga katta 
ahamiyat beriladi.
5. Integratsion bolalar bogʻchalari. Bunday turdagi MTMlarda 
sogʻlom bolalar bilan birgalikda jismonan va ruhiy nosogʻlom bolalar 
birgalikda tarbiyalanadi. Bunday sharoit oddiy bolalar uchun 
chidamlik, bagʻrikenglik va hurmat qilishni oʻrganishga ajoyib 
imkoniyat, deb qaraladi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar jamiyatdan 
ajralgan holatda boʻlmaydilar, oʻz tengdoshlari bilan muloqot va 
hamjihatlikda 
boʻlishni 
oʻrganadilar. 
Shunday 
bogʻcha 
va 
maktablarning soni koʻpligi Germaniyada nogironlarning yashashi, 
taʻlim olishi va oʻzini namoyon qilishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
6. Internatsional bolalar bogʻchalari. Bunday MTMlar emigrantlar 
uchun yaratilgan boʻlib, koʻpincha ularni emigrantlarning oʻzlari 
farzandlari uchun tashkil etadilar. Germaniyada turk-nemis, yahudiy, 
rus-nemis bolalar bogʻchalari juda koʻp. Bu tashkilotlarning 
konsepsiyasi bilingvallik1 tamoiyiliga asoslangan. Yaʻni, guruhlarda 
doimo bolalar bilan ona tilida soʻzlovchi tarbiyachi bilan birga nemis 
tilida soʻzlovchi tarbiyachi ham boʻladi. Bunda bolalar ham ota-
onalarining tilini, ham nemis tilini oʻrganadilar. Rus-nemis 
bogʻchalarida koʻpincha Rossiya mualliflarining dasturlaridan 
foydalaniladi. Unda Rossiyada nishonlanadigan anʻanaviy – 


50 
Maslennitsa, 8-mart, Yangi yil kabi bayramlarga bagʻishlangan 
mashgʻulotlar ham bor. Shuningdek, Germaniyada Valdorf bolalar 
bogʻchalari va Montessori tizimida ishlaydigan bolalar bogʻchalari 
ham mavjud. Agar oʻrta statistik nemis bolalar bogʻchasini olsak, 
uning faoliyati loyihalar tamoyili asosida tashkil etilganligi namoyon 
boʻladi. Masalan, «Kasb» loyihasi davrida bolalar tarbiyachi bilan 
ekskursiyalarga boradilar, turli narsalar yasaydilar, teatrlashtirilgan 
sahnalar qoʻyadilar, pechenye pishiradilar, loydan narsalar yasaydilar 
va hokazo. Bolalar stulchalarda oʻtirib tarbiyachini eshitadigan turdagi 
mashgʻulot turlari yoʻq. Bolalarga koʻp erkinlik beriladi. Ular istagan 
narsani qilishlari, kiyimlarini iflos qilishlari, butun maydonda 
sakrashlari va yugurishlari mumkin. Bolalar bilan ishlashga bunday 
yondashishning koʻp ijobiy va salbiy tomonlarini topish mumkin. 
Lekin ota-onalar oldida konsepsiya, nazariya va gʻoyalardan iborat 
katta tanlash huquqi bor. Ular farzandlarini bola uchun eng qulay 
bogʻchaga berishlari mumkin. 
Xulosa 
tariqasida 
aytish 
joizki 
xorijiy 
mamlakatlarning 
maktabgacha taʻlim tizimlarini oʻrganish, ularning ilgʻor tajribasini 
tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish boʻyicha aniq 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha taʻlim 
tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin