Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Nazorat uchun savollar 
1.
 
Italiyada oʻqish necha yoshdan boshlanadi?
2.
Italiyada boshlangʻich maktabda qanday saboqlar majburiy 
hisoblanadi? 
3.
Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarning 
necha foizi bogʻchalarga qatnaydilar? 
2.4. Koreya va Yaponiyaning ilgʻor pedagogik tajribalarini 
oʻrganish va tahlil qilish 
Reja 
1.
 
Koreya taʻlim tizimi. Maktabgacha taʻlim 
2.
 
Yaponiya taʻlim tizimi. Maktabgacha taʻlim 
Koreya taʻlim tizimi. Maktabgacha taʻlim. 
Janubiy koreya 
taʻlim tizimi Janubiy Koreya Respublikasi koʻplab tadqiqotchilarning 
diqqatini oʻziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial 
sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo – Tinch okeani regionining 


51 
noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart boʻlgan 
asosiy vazifa - oʻz anʻanaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni 
oʻz 
madaniy-siyosiy 
identivlik, 
Sharqning anʻanaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bogʻlashga 
intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning taʻlim tizimi UNISEF 
ekspertlari xulosasiga koʻra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng 
samaralisi” deb tan olingan.
Janubiy Koreyada bolalar bogʻchasi umumtaʻlim turiga kirmaydi. 
Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabgacha tashkilotlarga beradilar. 
Bu tashkilotlarda mashgʻulotlar koreys tilida, ingliz tilida, baʻzilarida 
faqat ingliz tilida olib boriladi. Bolalar bogʻchasiga 3 yoshdan 5 
yoshgacha qabul qilinadi. Bolalar bogʻchasining asosiy vazifasi 
oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. 
Bogʻchalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari oʻtiladi. Koreys 
bogʻchalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta eʻtibor 
beriladi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yilgacha boʻlishi mumkin. 
Pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, 
pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yoʻqligi, 
davlat bogʻchalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar 
oʻzlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan 
xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, 
ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi oʻyinlarning 
mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda oʻzini tutish va shaxsiy gigiyena 
koʻnikmalarini 
tarbiya 
qilish 
kabi 
alohida 
jihatlar 
Koreya 
maktabgacha taʻlim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi. 
Alohida eʻtibor qaratish lozim boʻlgan yana bir jihat, davlat 
jamiyatning eng himoyalanmagan qatlamlari, kam taʻminlangan 
oilalar va nogiron bolalarga, birinchi navbatda gʻamxoʻrlik koʻrsatadi 
va bogʻchalarga qabul davomida ularga ustuvorlik prinsipini 
qoʻllaydi va shu sababli ham, Koreyada inklyuziv taʻlim prinsiplari 
tahsinga sazovordir. Koreyaning taʻlim tizimiga kadrlar tayyorlashga 
ixtisoslashgan va tertakrufida maktabgacha taʻlim muassalari boʻlgan 
oliy taʻlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Sanmyong Universiteti, (Sangmyung 
University) hamda Chung-Ang Universiteti (Chung-Ang University) 
bilan kelishuvlar imzolandi, shuningdek, Chonnam Milliy Universiteti 
(Chonnam National University) bilan hamkorlik memorandumlari 
imzolandi. Kelishuvlar 
va 
Memorandum 
doirasida 
quyidagi 
sohalardagi hamkorlik nazarda tutilgan: talabalar, ilmiy-pedagogik va 


52 
boshqaruv mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashinuvlari, kadrlar 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qaratilgan choralar, 
jumladan eng yangi dasturlar va uslublarni joriy qilish, hamkorlikda 
tadqiqotlar, konferensiyalar, koʻrgazma va seminarlarni amalga 
oshirish, maktabgacha taʻlim mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha 
maxsus qoʻshma magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish
shuningdek, Oʻzbekistonda eksperimental ravishda Koreya tizimiga 
asoslangan eksperimental bogʻchalarni tashkil etish kabi muhim 
vazifalar 
nazarda 
tutilgan.
Maktabgacha 
taʻlim 
vazirligi 
delegatsiyasining 
Koreya 
Respublikasiga 
tashrifi 
davomida 
bolalarning erta rivojlanishi va maktabgacha taʻlim tizimi sohasiga 
ixtisoslashgan nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uchrashuvlar 
ham oʻtkazildi. Jumladan, 2017-yilning 23-noyabr kuni Koreya 
bolalar parvarishi va va maktabgacha taʻlim masalalarini oʻrganish 
Instituti (KICCE) bilan kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida 
Maktabgacha taʻlim vazirligi va KICCE hamkorligida qoʻshma 
tadqiqotlar oʻtkaziladi, pedagogik kadrlarni tayyorlash orqali tajriba 
almashinuviga qaratilgan dasturlar amalga oshiriladi, seminarlar va 
konferensiyalar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda hamkorlik 
asosida maktabgacha taʻlim tizimini rivojlantirish strategiyalarining 
ishlab chiqilishi, taʻlim dasturlari va standartlarining qayta koʻrib 
chiqilishi, taʻlim statistikasini joriy qilish nazarda tutilgan. Seul 
bolalarni erta rivojlantirishga koʻmaklashish Instituti (Seoul Early 
Childhood Education Promotion Institute) bilan 2017-yilning 22-
noyabr kuni oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida qoʻshma tadqiqotlarni 
oʻtkazish, tajriba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga 
tatbiq qilish imkoniyatini beruvchi hamkorlikdagi ilmiy-amaliy 
tadqiqot tashkilotlarini tashkil etish, oʻquv-uslubiy materiallarni 
tayyorlash borasida kelgusida hamkorlik bitimlarini imzolash kelishib 
olindi.
Boshlangʻich taʻlim. Koreyslar “chxodin xakkyo” deb ataydigan 
boshlangʻich maktabga 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlganlar qatnaydi. 
Bu yerda 6 yoshdan oʻqishi boshlanganlar ham topiladi. Oʻqish 
muddati — 6 yil. Koreys tili, matematika, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, 
chet tillar, tasviriy sanʻat va musiqa oʻrganiladigan fanlarga kiradi. 
Odatda ushbu fanlarning barchasi bir nafar sinf rahbari tomonidan 
oʻqitiladi. Biroq baʻzi ixtisoslashtirilgan fanlarni boshqa pedagog 
oʻtishi mumkin. Taʻlim tizimining boshlangʻich maktabdan oʻrta 
maktabga oʻtish bosqichi turli imtihonlar natijasi asosida emas, balki 


53 
faqat bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Oʻqish muddati 6 yil, 
majburiy va bepul.
Koʻpgina ota-onalar farzandini qoʻshimcha “xagvonam” deb 
nomlanadigan xususiy maktablarda oʻqitadi. Janubiy Koreyada 
davlatga qarashli boshlangʻich maktablardan tashqari qator xususiy 
maktablar 
ham 
mavjud. 
Ularning 
oʻquv 
dasturlari 
davlat 
tashkilotlarinikiga ozmi-koʻpmi mos keladi, ammo u ancha yuqori 
darajada amalga tatbiq etiladi: kam sonli bolalarga koʻp pedagoglar 
dars beradi, qoʻshimcha fanlar oʻqitiladi va umuman, taʻlimning 
yuqori standartlari joriy etiladi. Biroq ularda oʻqish narxi ancha 
yuqori. Koreys tilida ikkinchi bosqich maktabi “chunxakkyo” deb 
nomlanadi. Soʻzma-soʻz tarjima qilinganda “oʻrta maktab” degan 
maʻnoni anglatadi. Koreys ikkinchi bosqich maktabi 3 sinfdan iborat. 
Aksariyat bolalar unda oʻqishni 12 yoshda boshlab, 15 yoshda 
tugatadi. 
Ikkinchi bosqich maktabi oʻz bolalariga boshlangʻich maktabga 
qaraganda ancha yuqori talablar qoʻyadi. Deyarli har doim bolalar 
hayotining boshqa jihatlari kabi kiyim va soch turmagi qatʻiy tartibga 
olinadi. Boshlangʻich maktabda boʻlgani kabi bolalar kunning asosiy 
qismini sinfdoshlari bilan bir sinfda oʻtkazadilar, ammo har bir fan oʻz 
pedagogsi tomonidan oʻqitiladi. Pedagoglar sinfdan sinfga yurib dars 
beradi. “Maxsus” fandan saboq beriladigan baʻzi xonalarga bola oʻzi 
boradi. Sinf rahbarlari (koreyscha “tamim sonsennim”) bolalar 
hayotida muhim rol oʻynaydi va boshqa yurtlardagi hamkasblariga 
qaraganda katta obroʻga ega. Ikkinchi bosqich maktabi bolalariga 
kuniga oltita dars oʻtiladi. Ularga odatda har kuni ertalab darsdan 
oldin boʻladigan bitta maxsus vaqt bloki hamda har bir mutaxassislik 
uchun alohida yettinchi dars ham qoʻshiladi. Universitetdan farqli 
oʻlaroq, bir maktabdagi oʻquv dasturi boshqasidan farq qilmaydi. 
Oʻquv dasturining asosini quyidagilar tashkil etadi: matematika, 
koreys va ingliz tillari, shuningdek, bir qator aniq fanlar. Qoʻshimcha 
fanlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: sanʻat turlari, jismoniy 
madaniyat, 
tarix, 
xancha 
(xitoy 
iyeroglifikasi), 
etika, 
oila 
iqtisodiyotini yuritish, kompyuter savodxonligi. Oʻqiladigan fanlar va 
ularning soni har yili oʻzgarib turadi. Baholar universitetga kirishga 
taʻsir qiladi Dars davomiyligi — 45 daqiqa. Birinchi dars 
boshlanishidan oldin bolalarga oʻz xohishiga koʻra mustaqil oʻqish, 
maxsus taʻlim kanali (Education Broadcast System, EBS) tomonidan 
efirga uzatiladigan dasturlarni tomosha qilish yoki shaxsiy yumushlar, 


54 
shuningdek, sinf ishlarini bajarish uchun sarflashlari mumkin boʻlgan 
30 daqiqa beriladi. Bolalar dushanbadan jumagacha toʻliq kunlik 
darslarga, har oyning birinchi, uchinchi va beshinchi shanbasida yarim 
kunlik mashgʻulotlarga qatnaydi. Shanba kuni bolalar biror toʻgarakda 
qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan band boʻladi. Boshlangʻich maktabda 
boʻlganidek, bolalar oʻzlashtirish darajasidan qatʻiy nazar, sinfdan 
sinfga oʻtadilar. Natijada bitta fanni bir sinfda oʻquv tayyorgarligi 
mutlaqo farqli boʻlgan bolalar oʻrganishi mumkin. Texnik kasbda 
emas, balki ilmiy sohada ishlamoqchi boʻlganlar uchun taʻlimning 
soʻnggi yilida baholar juda muhim rol oʻynay boshlaydi. Chunki ular 
bolaning muayyan universitetga kirish imkoniyatiga taʻsir qiladi. 
Baʻzi fanlar boʻyicha imtihonlarning bir nechta standart shakli 
mavjud. 
Ilmiy 
fanlar 
pedagoglari 
tavsiya 
etilgan 
oʻquv 
qoʻllanmalariga amal qilishi shart. Odatda ikkinchi bosqich maktabi 
pedagoglari kurs dasturi va oʻqitish uslubi borasida universitet 
pedagoglariga nisbatan koʻproq vakolatga ega.
Ikkinchi bosqich maktabining koʻplab bolalari darsdan soʻng 
qoʻshimcha 
kurslarga 
(“xagvon”) 
qatnaydi 
yoki 
xususiy 
repetitorlardan taʻlim oladi. Ingliz tili va matematikaga alohida eʻtibor 
qaratiladi. Baʻzi “xagvon”lar faqat bitta fanga, boshqalari esa barcha 
asosiy fanlarga ixtisoslashgan. Shuning uchun ham koʻpincha bolaga 
yanada koʻproq yuk tushadi. Bundan tashqari, baʻzi bolalar jang 
sanʻati toʻgaraklariga yoki musiqa maktablariga qatnaydi, uyga 
kechqurun qaytadi.
Koreys yuqori maktabi “kodinxakkyo” deb nomlanadi. Janubiy 
Koreyadagi bunday maktablarda 15 — 17 yoshli bolalar uch yil 
oʻqishadi. Maktablar bolaning manfaatlariga mos keladigan va uning 
karyerasiga mutanosib ixtisoslashgan boʻlimlarga boʻlinishi mumkin. 
Masalan, “ilmiy” oʻrta maktablar (Science high school), chet tillarni 
oʻqitish va sanʻat maktablari shular jumlasidan. Ularning barchasi 
kirish uchun murakkab imtihonlar topshirishni talab etadi. Yuqori 
maktablarni ham davlat maktablari va xususiylarga ajratish mumkin. 
Bunday maktablar hech qanday mutaxassislik oʻrgatmaydi, balki oʻz 
bolalarini universitetga kirishga tayyorlaydi. Asosiy fanlar koreys va 
ingliz tillari, matematika, shuningdek, turli ijtimoiy va tabiiy fanlarni 
oʻz ichiga oladi. Muayyan fanlar va ularni oʻqitish darajasi bunday 
oʻquv yurtlarining ixtisosligiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. 
Yuqori maktab bolalari uchun “oʻz-oʻzini oʻqitish” intensiv 
mashgʻulotlaridan uyga yarim tunda qaytish odatiy hol. Boshlangʻich 


55 
va ikkinchi bosqich maktablaridan farqli oʻlaroq, yuqori maktabda 
oʻqish majburiy emas. Biroq, hisob-kitoblarga koʻra, 2005-yili yosh 
koreyslarning 97 foizi yuqori maktabni ham tugatgan

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin