60
Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalarni
joriy etish, tarbiyachilar tomonidan tadqiqot faoliyati turlaridan
foydalanishni oʻz ichiga oladi. Buning uchun maktabgacha yoshdagi
bolalarga taʻlim-tarbiya jarayonida tarbiyachilar keng tarqalgan
usullarga murojaat qilishadi: muammoni qoʻyish, uni har tomonlama
tahlil qilish, modellashtirish, kuzatish, tajriba oʻtkazish, natijalarni
aniqlash, yechimlarni topish va eng maqbulini tanlash.
Maktabgacha
taʻlim
tashkilotlaridagi
innovatsion
muhit
murabbiylarga har bir bolaga individual yondashuvga, uning
xususiyatlarini, feʻl-atvorini hisobga olishga yordam beradi va
mashgʻulotlarni hayajonli va gʻayrioddiy «sarguzasht»ga aylantiradi.
Bunday faoliyat samarasi esa bolajonlarning bogʻchaga zavq va
mamnuniyat bilan tashrif buyurishlari va har kuni oʻzlarining kichik
bilim bazasini boyitishlariga olib keladi.
Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllash
Zamonaviy bugungi dunyoning bobo-buvilarimiz va hatto ota-
onalarimizning yoshlik davridan sezilarli darajada farq qilishini tan
olmaslikning iloji yoʻq. Hozirgi kunda kompyuter, planshet kabi ilgʻor
texnologiyalar maktabgacha yoshdagi bolalarni ajablantirmaydi.
Axborot asri oʻziga xos oʻyin qoidalarini belgilaydi, buni eʻtirof etmay
qoldirib boʻlmaydi. Masalan, bolani savodgaga, matematikaga
oʻrgatish, uning xotirasi va mantiqiy tafakkurini iloji boricha
rivojlantirish uchun
moʻljallangan qiziqarli dasturlar tufayli
maktabgacha yoshdagi bolani qiziqtirishi va unda bilim olishga
muhabbat uygʻotishi mumkin. Animatsion kompyuterli koʻrgazma va
illyustratsiyalar
bolani
diqqatini
jalb
etadi.
Bolalar
yangi
maʻlumotlarni osongina eslab qolishadi va keyin ularni doʻstlari va
oilasida muhokama qilishadi.
Dostları ilə paylaş: