44
qobiliyatlari va isteʻdodlari rivojlantiriladi. Davlat bolalar
bogʻchasida roʻyxatdan oʻtish tizimi
juda murakkab va aniq
baholashga asoslanadi. Bola bolalar bogʻchasiga qabul qilinishi
uchun, ota-onalar dastlab hujjatlar toʻplamini yuborishlari kerak:
tibbiy sugʻurta, bola tugʻilishi toʻgʻrisidagi
guvohnoma, tibbiy
xarita, ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi
hujjatlar shular
jumlasidandir. Taqdim etiladigan hujjatlar asosida maxsus
komissiya bolani maktabgacha taʻlim tashkilotiga qabul qiladi.
MTTga qabul qilinish
oilaning yashash hududi, bolalar soni, ota-
onalarning ish joyi asosida boʻlishi ham mumkin. Ispaniya taʻlimi
tizimida xorijiy tillarni oʻrgatish ham alohida oʻrin egallaydi.
Bolalar maktabgacha taʻlim tashkilotlari davridan til oʻrganishni
boshlaydilar.
Nazorat uchun savollar
1.
Fransiya maktabgacha taʻlimga necha yoshdan qabul qilinadi?
2.
Fransiyada maktabga tayyorlov
guruhlariga qamrov necha
foizni tashkil etadi?
3.
Ispaniyaning taʻlim tizimi necha bosqichga boʻlingan ?
Dostları ilə paylaş: