18
4.
Qatʻiy fikrda qolish.
Katta yoshdagi pedagoglar oʻz
fikrlarini
yagona, yakuniy, qayta koʻrib chiqilmaydigan deb bilishadi. Ular
yangi bilim va koʻnikmalarni egallashga intilmaydilar, zamonaviy
taʻlim tashkilotlaridagi yangi tendensiyalarga
salbiy munosabatda
boʻlishadi.
Kasbga yoʻnaltirish — tarbiyalanuvchining oʻz ehtiyojini oqilona
cheklaydigan shaxs sifatida kamolotga yetishining pedagogik jarayoni
boʻlib, nafaqat pedagogik tashqi ijtimoiy-iqtisodiy,
balki psixologik,
tibbiy, huquqiy muammo hamdir.
Odob-axloq — shaxsning oʻziga va dunyoga munosabatlariga olib
boruvchi hatti-harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli boʻlib,
sababiyat, tasavvurlar va qarashlarni oʻz
ichiga oladi, yaʻni shaxs
shakllanishining manbai hisoblanadi.
Axloqiy tarbiyalanganlik — shaxsning asosiy fazilatlarining
(mehnatsevarlik, toʻgʻrisuzlik, jamoaviylik) yoki axloqlilikning asosiy
belgilarining rivojlanishi darajasiga qarab aniqlanadi.
Shaxsning aqliy sifatlari - shaxsning
aqliy jihatdan kamolotga
yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari,
fazilatlari orqali namoyon
boʻladi. Bunga olib boruvchi sifatlar: bilagʻonlik, obyektivlik, faol
fikrlovchanlik, mehribonlik hisoblanadi.
Innovatsion xulq-atvor moslashishni emas, balki oʻz
shaxsiy
qarashlarning shakllanishini, oʻzini oʻzi rivojlantirishni nazarda tutadi.
Pedagog innovatsion taʻlim jarayonida barkamol shaxsni tarbiyalash
uchun masʻul ekanligini tushunishi kerak. "Tayyor shablonlar", koʻr-
koʻrona ergashish uning shaxsiy xususiyatlariga mos kelmaydi, u
doimiy ravishda oʻz intellektual darajasini oshirishi muhimdir.
“Komplekslar” va psixologik toʻsiqlardan xalos boʻlgan pedagoggina
innovatsion oʻzgarishlarning toʻlaqonli ishtirokchisi boʻla oladi.
Maktabga tayyorgarlik xususiyatlari xam shaxs faoliyatining eng
muhimlaridan biridir. Chunki jismoniy
qobiliyatsiz demokratik
jamiyat ham va jamiyat haqida tushunchalarni ham tasavvur qilib
boʻlmaydi. Maktabga tayyorgarlik xususiyatlarida shaxs jismoniy
jihatdan
kamolatga yetadi, jismoniy rivojlanish esa shaxsda psixik
sifatlarni oʻsishiga taʻsir koʻrsatadi. Bu ikkalasi bir-biri bilan organik
ravishda bogʻlangan boʻlib, ularni ajratish mumkin emas. Demak,
bundan maʻlumki kishilarni demokratik ruhda tarbiyalashda katta
ahamiyatga egadir.