10
yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya,
boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar,
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi
kabi tushunchalar bilan izohlangan.
Innovatsiya
yangi
ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlarni,
ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot faoliyatidan foydalanish orqali
rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning paydo boʻlishi
loyihalash ishlarining natijasi boʻlishi ham mumkin.
Bunda mavjud
ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga
oshirish imkoniyatini aks ettiruvchi instrumental va texnologik
bilimlar rivojlanadi. Shunday qilib, innovatsion loyihalar yaratiladi, bu
esa keyinchalik yangi texnologiyalarning paydo boʻlishiga olib keladi.
“Taʼlim” tushunchasi (arabcha “ilm olmoq” –
oʻqish,
oʻrganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar
majmui) bilim berish,
malaka va koʻnikmalar hosil qilish
jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi.
Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat
turli xildagi oʻquv tashkilotlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab
chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham
anglatadi. Chunki taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning
moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy
munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj,
kishilarning
kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab
kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida taʼlimning
mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib
yanada takomillashib
borgan.
Taʼlim - mashgʻulot berish jarayonini, yaʼni pedagog
(oʻqituvchi) faoliyatini, umuman,
bolaning bilish, oʻrganish
faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni bola
faoliyatini bildiradi.
Taʼlim jarayoni
- taʼlim beruvchi — pedagog va taʼlim
oluvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya
jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim
avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning
ijtimoiy, tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar
taʼlimni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan
11
hodisa sifatida baholasalar, baʼzilari taʼlimning sinfiy xarakterga ega
ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida
muayyan siyosiy, falsafiy,
axloqiy,
huquqiy
qarashlarni
shakllantirish
maqsadi
sari
qaratilganligini taʼkidlaydi.
Dostları ilə paylaş: