Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Taʻlim 
toʻgʻrisida”gi 
Qonuniga 
muvofiq 
hozirgi 
kunda 
mamlakatimizda taʼlimni tashkil etishning quyidagi turlari, shakllari 
mavjud. Ushbu Qonunning 7-moddasida taʻlimning: 


12 

maktabgacha taʻlim va tarbiya; 

umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʻlim; 

professional taʻlim; 

oliy taʻlim; 

oliy taʻlimdan keyingi taʻlim; 

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

maktabdan tashqari taʻlim
kabi turlari keltirilgan. 
“Taʻlim 
toʻgʻrisida”gi 
Qonunning 
15-moddasida 
esa 
mamlakatimizda taʻlim olishning quyidagi: 
o
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʻlim olish (kunduzgi); 
o
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʻlim olish (sirtqi, kechki, 
masofaviy); 
o
dual taʻlim; 
o
oilada taʻlim olish va mustaqil taʻlim olish; 
o
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga taʻlim berish; 
o
inklyuziv taʻlim; 
o
eksternat tartibidagi taʻlim; 
o
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati 
sohasida kadrlar tayyorlash kabi shakllari koʻrsatilgan.
Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, kishilarning imkoniyati va 
ehtiyojlariga 
muvofiq 
taʼlim 
tobora 
takomillashtirilib, 
diversifikatsiyalashib bormoqda.
Texnologiya
(yunoncha 
techne
—sanʼat, mohirlik, uquv) —
 sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda 
mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari 
tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va 
takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Yoki ilmiy-amaliyot 
asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullaridir. 
Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi mavjud: kon ishlari 
texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi
taʻlim texnologiyasi va boshqalar. 
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya 
etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan 
boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot shunchalik sifatli boʻladi. 
Texnologiyaning 
fan 
sifatidagi 
roli 
va 
vazifasi 
mahsulot 
tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan 


13 
iborat. Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham 
yangilanadi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun 
texnologik hujjatlarni oʻrganish, yangi texnologik jarayonlar, 
standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona 
tartibi boʻlishi lozim. Shunday ekan, taʻlim texnologiyasi ham kundan 
kunga zamonaviylashib, oʻzgarib, innovatsion tarzda takomillashib 
borishi zarur.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin