Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

I BO
ʻ
LIM. INNOVATSION TA
ʻ
LIM 
TEXNOLOGIYALARI FANIGA KIRISH 
1.1. Innovatsion taʻlim texnologiyalari tushunchasi, uning 
taʻriflari, metodikadan farqi 
Reja 
1.
Innovatsion taʻlim texnologiyalari faniga kirish 
 
2.
Innovatsion taʻlim texnologiyalari tushunchasi, uning taʻriflari, 
metodikadan farqi
 
3.
Interfaol taʻlim haqida tushuncha
 
 
Kechagi bilim bilan bugungi va ertangi zamonni qura olmaymiz 
Shavkat Mirziyoyev 
 
Innovatsion taʻlim texnologiyalari faniga kirish 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon 
ulkan islohotlar va taraqqiyot bosqichini bosib oʻtdi. Ushbu taraqqiyot 
va bunyodkorlik yoʻlida barkamol avlodning oʻrni juda katta. 
Mamlakatimiz rivoji taraqqiyotining asosi taʻlim tizimining sifatli va 
mukammalligi bilan ham bogʻliq. Shu bois taʻlim tashkilotlarida 
taʻlim jarayoni sifatini oshirish, innovatsion hamda zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, pedagogika va psixologiya 
fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini 
oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllay olishga oʻrgatish, shuningdek, taʻlim 
jarayoni ishtirokchilariga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan 
iborat.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash 
koʻnikmasi, kattalar va tengdosh oʻrtoqlarini tushunish, ular bilan 
hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga 
qadam qoʻyayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki 
uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi 
koʻnikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil 
harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga 
oʻrgatishgina emas, unda oʻz kuchiga ishonchni orttirish, oʻz gʻoyasini 
himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda ― 
“Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir. 



Oʻzbekiston 
Respublikasida 
davlat 
maktabgacha 
taʻlim 
muassasasi toʻgʻrisida Nizomga muvofiq bola maktabgacha taʻlimni 
uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda taʻlim va tarbiya berishi orqali 
yoki 
doimiy 
faoliyat 
koʻrsatadigan 
maktabgacha 
taʻlim 
muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar 
uchun maktabgacha taʻlim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda 
tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha 
yoshdagi bolaning maktab taʻlimiga oʻtishi hamisha uning hayoti, 
ahloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub oʻzgarishlarni yuzaga 
chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha 
taʻlim muassasasida yoki uydayoq maktab taʻlimiga tayyorlash
bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, koʻnikma va malakalar bilan 
tanishtirish kerakOʻquv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni 
qoʻllash va ulardan unumli natija ola bilish esa pedagogdan katta 
salohiyat hamda mahorat talab etadi.
Barkamol avlodni tarbiyalash va ularni davr talabiga mos qilib 
shakllantirish azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi boʻlib kelganligi 
barchamizga maʻlum. Buyuk donishmand Abu Ali Ibn Sino oʻz 
pedagogik qarashlarida “Har bir kishini uning borligʻi va qobiliyatiga 
koʻra oʻqitish kerak. Aks holda taʻlim-tarbiya koʻzlangan natijani 
bermaydi”, degan gʻoyani ilgari suradi. Alisher Navoiy, Husain Voiz 
Koshifiy va boshqa yirik mutafakkirlar taʻlim-tarbiya haqidagi 
masalalarni hal qilishda asosiy eʻtiborni (bola) shogirdning bajarishi 
talab qilinadigan shartlarga qaratganlar. Darhaqiqat, pedagogning eng 
muhim sifati – har doim biror narsani oʻylab topishga intilish, 
bolalarni ham shunday faoliyatga undash hisoblanadi. “Bolalarni 
oʻylashga oʻrgatish uchun ularda oʻylab topish koʻnikmasini 
shakllantirish kerak” (Dj.Rodari). Aynan oʻz-oʻzini rivojlantiradigan, 
doimiy takomillasha oladigan pedagoggina zamonaviy maktab taʻlimi 
oldiga qoʻygan vazifalarni bajara oladi. Bunday pedagog bola shaxsini 
rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllab-quvvatlaydi
1

Anʻanaviy 
pedagogika 
(Ya.A.Komenskiy, 
I.Gerbart, 
A.V.Disterverg, I.G.Pestalossi) taʻlim jarayonini katta yoshlilar, 
pedagoglarni subyekt sifatida oʻz tajribasini bolaga koʻchirish, deb 
taʻriflagan. Bunda bola-harakat yoʻnalgan obyekt deb qabul qilingan. 
1
Maslou A. Motivatsiya i lichnost. 3-ye izd./ SPb: Piter, 2009. B -120 



Taʻlim tizimining asosiy maqsadi esa – bolani hayotga tayyorlash 
boʻlib, uni oʻqitish mazmuni, usullarini pedagog belgilaydi
2
.
Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida faol, maqsad sari 
intiluvchan, ijodkor shaxsga boʻlgan ehtiyoji kuchaymoqda. Shuning 
uchun ham oʻquv-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama 
rivojlantirish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlar yaratishga 
alohida eʻtibor qaratilmoqda. Bunda asosiy vazifa pedagog zimmasiga 
tushadi. Pedagog har bir bolaning oʻquv ehtiyojlarini qondirishi, 
ularning mayllari, qiziqishi va imkoniyatlarini aniq hisobga olgan 
holda taʻlim berishi kerak
3
.
Hozirgi kun zamonaviy taʼlimining rivojlanishi yangi yoʼnalish - 
innovatsion faoliyatni taqozo etmoqda. «Innovatsion pedagogika» 
termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida 
Gʼarbiy Yevropa va АQShda paydo boʼlgan. Dastlab innovatsion 
faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.А.Kan-
Kalik, N.V.Kuzmina, V.А.Slatenin, А.I.Sherbakov ishlarida tadqiq 
etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor 
pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. 
X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, А.Xeyvlok, 
D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion rivojlanishlarni boshqarish, 
taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti» va 
«faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart -sharoitlar masalalari tahlil 
qilingan. 
Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik olimlardan 
biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish 
jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka 
boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan. 
“Innovatsion taʻlim texnologiyalari” tushunchasi keng qamrovli 
mazmunga ega. Usbu tushunchani izohlash uchun avvalambor 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin