Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Stol-bosma oʻyinlari
bolalarning tevarak-atrof haqidagi


89 
tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish,
sintez, umumlashtirish, tavsiflash) oʻstirish imkonini beruvchi
oʻyin usulidir. Bu oʻyin turiga lotto, juft rasmlar, domino, tangram, 
labirint va boshqalar kiradi. Bunday oʻyinlar anʻanaviy tarzdagi oʻyin 
turlaridan oʻzining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak boʻlgan 
jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va oʻzaro bogʻliqligi, oldindan 
belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. 
Ogʻzaki soʻz oʻyinlari
katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan 
oʻtkaziladi. Ular bolaning oʻzgalar nutqini, kichik hajmdagi audio va 
video matnlarni tinglab tushuna olish, turli mavzudagi savollarga 
zudlik bilan javob topa olish, oʻz fikrini tez, toʻgʻri va aniq ifoda eta 
olishga oʻrgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday oʻyinlar 
bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida koʻrsatib 
oʻtilgan oʻyin turlarida didaktik maqsad va oʻyin materiallarining 
mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Dasturda har bir yosh guruhning oʻziga xos ruhiy-fiziologik 
xususiyatlarini eʻtiborga olgan holda taʻlimiy oʻyinning tutgan oʻrni 
va vazifasi, mazmuni, oʻtkazish uslublari belgilab berilgan. Masalan, 3 
yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar bilan oʻtkaziladigan taʻlimiy 
oʻyinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir-biridan farqlash va 
nomini aytishga oʻrgatish, har xil oʻlchamlar (katta, kichik}, shakllarni 
(sharcha, kubcha], bilishga, koʻrib va eshitib idrok etish, diqqatni, 
mayda motorikani oʻstirishga yordam beradi. Masalan, «Juft shakllar” 
«Katta va kichik”, «Qoʻgʻirchoqni sayrga olib chiqish uchun 
kiyintiramiz», “Qoʻgʻirchoqni choʻmiltiramiz», «Bu nimaning 
ovozi?», «Quttichada nima bor?” va shunga oʻxshash oʻyinlar. 
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq 
qilishga oʻrgatish uchun musiqaviy taʻlimiy oʻyinlar ham oʻtkaziladi.
Kichik guruhda taʻlimiy oʻyinlar quyidagi maqsadlarda 
oʻtkaziladi: bolalarda taʻlimiy oʻyinchoqlar bilan yakkama-yakka 
oʻynash koʻnikmasini rivojiantirish, jamoa oʻyinlari tashkil etish; 
narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab 
farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam shaklda terib, 
ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, toʻrt 
burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan «Idish tovoqlar», 
«Oʻyinchoqlar» kabilarning tasvirini yigʻish; narsalarni farqlash va 
nomini toʻgʻri aytishga oʻrgatish va hokazo. 
Musiqiy - taʻlimiy oʻyinlarda esa musiqa ovozlarining baʻzi bir 


90 
xususiyatlarini farqlashga oʻrgatish, qadam va yurish ritmi («Kim 
kelyapti?», «Sichqonlar yugurishyapti», „Yomgiʻr“, „Doʻl“) ovoz va 
cholgʻu asboblari tembrlarini (“Musiqiy asbobni top”, «Ovozidan bilib 
ol») ajrata bilishga oʻrgatish vazifalari ham hal etiladi.
Oʻrta guruhda taʻlimiy oʻyinlar orqali bolalar eshitish, koʻrish, 
sezish aʻzolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun 
ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi 
koʻrinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni 
oʻrgatish vazifalari amalga oshiriladi. Yana taʻlimiy oʻyin davomida 
bolalar oʻrtaga qoʻyilgan masalani hal etishda sabr-matonatli 
boʻlishga, qiziquvchanlikka, diqqat-eʻtiborlilikka odatlantirib boriladi. 
Musiqaviy-taʻlimiy oʻyinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab
baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan 
farq qila olishga oʻrgatib boriladi.
Katta guruhda taʻlimiy oʻyinlar quyidagi vazifalarni hal etishni 
maqsad qilib qoʻyiladi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, 
ularni taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, 
shakli, katta-kichikligi, xususiyatini seza bilish, narsalarning 
joylashishidagi oʻzgarishlarni aytib bera olish kabi sensor 
qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, oʻsimlik, transportni tasvirlab 
berilganda ularning nomini topa bilish malakasini oʻstirish, 
bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga 
qarab guruhlarga boʻlish qobiliyatini rivojlantirish, soʻz faolligini 
oshirish va toʻldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va 
boshqalar)yasash malakasini oʻstirish vazifalari hal etiladi. Musiqaviy 
taʻlimiy oʻyinlar orqali tovushlarni bir-biridan farq qilishni oʻrgatish, 
ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholgʻu asboblari ovozining 
tembrini farq qilish («Kim kuylayapti?” «Shiqildoqli childirma»), 
ovozning dinamikasini ajrata olish («tez, sekin kuylaymiz”) uchun 
foydalanish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida taʻlimiy oʻyinlar alohida oʻrin 
tutadi va bu guruhda taʻlimiy oʻyinlar orqali quyidagi vazifalar amalga 
oshiriladi: bolalarda taʻlimiy oʻyinlarga qiziqish uygʻotish, har bir 
narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-eʻtibor, ziyraklik, aqliy 
vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga 
narsalarni turkumlarga boʻlishda yordamlashuvchi oʻyinlarni, domino, 
mozaykaning har xil turlarini, shashka, jumboqli oʻyinlar, ogʻzaki 
oʻyinlar, 
ranglarni 
va 
xususiyatlarni 
bir-biridan 
farqlashni 


91 
oʻrgatadigan oʻyinlar oʻtkaziladi. Musiqaviy-taʻlimiy oʻyinlar orqali 
esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq solishga («Takrorla”, 
«Nogʻorani galma-gal chalish” va h.k) ritmik shaklda takrorlash, 
dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga oʻrgatiladi. Oʻyinni tarbiyachi 
bolalarda oʻyinga qiziqish uygʻotgan holda tugatishi kerak, yaʻni 
bolalar shu oʻyinni yana davom ettirishni xohlab qolsinlar. Tarbiyachi 
shunday deydi: «Kelgusi gal bundan ham yaxshiroq oʻynaymiz», yoki 
«Yangi oʻyin bundan ham qiziqroq boʻladi». Tarbiyachi oʻyinning 
yangi variantlarini ishlab chiqadi. Taʻlimiy oʻyinlar guruh xonasida, 
zalda, maydonchada, hovlida, dalada va boshqa joylarda oʻtkazilishi 
mumkin. Bu oʻyinning taʻsirchanligini, taassurotlarning har xilligini, 
bolalarning faolligini oshiradi. Shunday qilib, oʻyin maktabgacha 
yoshdagi bolalarga taʻlim berish vositasi boʻlib, uni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishga yordam beradi. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin