Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


nega? nima uchun? nimadan? qanday



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

nega? nima uchun? nimadan? qanday 
qilib?
kabi izlanuvchi va muammoli xarakterdagi savollar bilan 


94 
boyitilishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter 
kasb etishi ham mumkin. Bunda muloqot mashgʻuloti suhbat, 
muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat boʻladi.
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
atrof-muhit 
haqidagi 
tasavvurlarini kengaytirish va anglashga oʻrgatish jarayonida muloqot 
qancha koʻp boʻlsa, ularning bogʻlanishli nutqi shunchalik samarali 
rivojlana boradi. Tevarak-atrofdagi rangin dunyo ular tasavvuri va 
dunyoqarashini shakllantirishga, soʻz zahirasini boyitishga, nutqini 
oʻstirishga ragʻbat uygʻotadi. Ayniqsa, fasllar bilan bogʻliq 
mashgʻulotlar bolalarning qiziqishiga yanada mos tushadi. Masalan, 
bogʻcha hovlisida qor yogʻishini kuzatish jarayonida quyidagi savollar 
asosida suhbat uyushtirish mumkin:
- Qor uchquni nimaga oʻxshaydi?
- Qor uchqunlari nima uchun har xil boʻladi?
- Qor odam qachon erib ketadi?
- U nima uchun erib ketadi? … 
Savol-javob jarayonida tarbiyachi bolalarni kundalik hayot bilan 
tanishtira boradi, tabiatdagi oʻzgarishlarni kuzatish vositasida bilimini 
boyitadi, nutqini rivojlantiradi. Savol-javob orqali bolalar qor 
uchqunlarining har xil shaklda boʻlishi, uning turli tezlikda yogʻishi 
sabablarini bilib oladilar, havo harorati bilan bogʻliq oʻzgarishlarni 
tushunib yetadilar, qish mavsumidagi qiziqarli mehnat jarayoni bilan 
tanishadilar; qor qurash, supurish, qor bosgan joylarda qushlarga don 
tashlash uchun donxoʻraklar tayyorlash kabi ishlarni zavq-shavq bilan, 
hamkorlikda bajaradilar va tarbiyachi, tengdoshlari bilan faol 
muloqotda boʻladilar. Soʻzlashuv jarayonida ishlatiladigan «qor 
uchqunlari», 
«kapalak qor», «qor qurash», «muz yoʻlak», 
«donxoʻrak», «qor odam», «muztepa» kabi soʻz va soʻz birikmalari 
dialogik nutqni shakllantirishga yordam beradi.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun mavzu rejasiga quyidagilarni 
kiritish maqsadga muvofiq:
1.
Tevarak – atrof va ona Vatan. Oʻzbekiston haqidagi 
tasavvurlarini boyitish
2.
Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro, 
Toshkent, koʻhna Urganch, Shahrisabz, Xiva, Qoʻqon va Buyuk ipak 
yoʻli.
3.
Konstitutsiya saboqlari.
4.
Davlatimiz ramzlari: gerb, bayroq va madhiyasi.
5.
Oʻzbekistonda davlat tili – oʻzbek tili ekanligi.


95 
6.
Oʻzbekistonning poytaxti - Toshkent shahri.
7.
Toshkent metropoliteni.
8.
Toshkent teartlari.
9.
Mening shahrim, mahallam.
10.
Oilamiz shajarasi.
11.
Bizning oila 
12.
Ona tilim –jonu dilim.
13.
Til bilgan – el biladi.
14.
Jonajon oʻlka tabiati.
15.
Hamdoʻstlik mamlakatlari.
16.
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi
17.
“Xayr bogʻcham” bayramlarini nishonlash; shakl va 
mazmun jihatdan xilma-xil boʻlgan bayramlar, sayllarni muntazam 
ravishda tashkil qilib turish. Masalan, “Mehrjon”, qovun sayli, 
qushlar, gullar bayramlari va boshqalar.
18.
Oʻzbek xalqining hunarmandchilik sanʻati.
19.
Xalq meʻmorchilik sanʻati.
20.
Xalq qoʻshiqlari, laparlari, alla, ertak, maqol va 
topishmoqlar, tez aytishlar.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin