Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Xalq amaliy sanʻati bilan tanishtirishning mazmuni



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Xalq amaliy sanʻati bilan tanishtirishning mazmuni 
quyidagicha:
-
Bolani oʻzbek xalq amaliy sanʻati, milliy 
hunarmandchiligidan: zargarlik, zardoʻzlik, misgarlik, ganchkorlik 
kabilar bilan tanishtirish;
-
xalq ustalari tomonidan tayyorlangan buyumlardagi,
kashtachilarning tikkan soʻzanalari, zargarlarning nozik did bilan 
yasagan taqinchoqlardagi goʻzallikni, ranglar jilosini his qilishga
undash.
Maktabgacha taʻlim muassasalarida atrof-olam bilan
tanishtirish mashgʻulotlarida bolalar bilim va koʻnikmalarini 
shakllantirish quyidagi shartlarga koʻra amalga oshiriladi:
- mashgʻulotlarni tashkil etishda maqsadni aniq belgilash
(aniq maqsad asosida mashgʻulotlarning tashkil etilishi oʻz


98 
navbatida vazifalarning toʻgʻri belgilanishi, mashgʻulot
jarayonining umumiy holatini oldindan bashoratlay olish
natijalarning taxminiy boʻlsa-da, belgilab olinishi uchun sharoit 
yaratadi); 
- mashgʻulotlarni puxta reja yoki loyiha asosida tashkil etish 
(ushbu holat aniq maqsad negizida xususiy maqsadlarni aniqlash, 
mashgʻulot jarayonining umumiy davri hamda bosqichlarida amalga
oshirilishi talab etiluvchi vazifalarning mavjud vaziyatga
muvofiqligini nazorat qilib borish, mashgʻulot jarayonida yuzaga
kelgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish, har
bir bosqichning yagona tizim mazmuniga muvofiq kelishiga 
erishish borasida imkoniyat yaratadi);
- mashgʻulotlar rejasini ishlab chiqishda tarbiyalanuvchilarning 
xohish-istaklari, qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olish
(nazarda tutilayotgan holat maktabgacha taʻlim muassasalari 
tarbiyalanuvchilarini mashgʻulotlarga jalb etish, ularning
mashgʻulotlar jarayonida faollik koʻrsatishlariga erishishni 
kafolatlaydi);
- mashgʻulotlar jarayonida har bir tarbiyalanuvchiga nisbatan 
ularning psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini eʻtiborga
olish asosida individual yondashish (qayd etilgan holat
tarbiyalanuvchilarning mashgʻulotlar jarayonida ruhan va jismonan
toliqib qolishlarining oldini oladi, har bir tarbiyalanuvchiga uning
ichki imkoniyatlariga mos keluvchi topshiriqlarning berilishini 
taʻminlaydi);
 
- mashgʻulot jarayonida ushbu jarayonning asosiy subyektlari 
boʻlgan tarbiyalanuvchi shaxsining hurmat qilinishi, har qanday 
koʻrinishdagi faolliklarini ragʻbatlantirilib borilishiga erishish.
Zero, maktabgacha tarbiya yoshi bolalarining psixologik
xususiyatiga koʻra ular oʻzlarining eng oddiy hatti-harakatlariga
nisbatan ham atrofdagilar eʻtibor berishlarini, qoʻllab-
quvvatlashlarini istaydilar. Atrofdagilar tomonidan bolalarning juda 
oddiy 
darajada 
boʻlsa-da, 
dinamik 
xususiyatga 
ega 
hatti-
harakatlarining «Juda soz», «Barakalla», «Buni uddalay olasan deb
kutgandim, yanglishmagan ekanman», «Berilgan topshiriqni sifatli 
qilib bajarishingga ishonaman», «Juda sifatli bajarilibdi» kabi 
olqishlar yordamida ragʻbatlantirilib borishi ularning
mashgʻulotlarga boʻlgan yondashuvlarini keskin darajada ijobiy 
ahamiyat kasb etishiga olib keladi. Bolada tarbiyachi tomonidan


99 
berilayotgan topshiriqni oʻz vaqtida, sifatli bajarilishiga nisbatan 
masʻuliyatli yondashuvni qaror toptiradi, shuningdek, talab
etilayotgan qoidalarga qatʻiy amal qilish koʻnikmalari shakllanadi.
- Mashgʻulotlar jarayonining oddiydan murakkabga tomon 
rivojlanib borishiga erishish samarali natijalarga olib keladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan 
bilimlar atrof-olamda bolalar faoliyatini va ularning oʻzini tuta 
bilishini, intizomini boshqarib turadi va maqsad sari yoʻnaltiradi. 
Atrof-olamga boʻlgan munosabatni shakllantirishda bolalar
idrokiga yetarli darajada yetib boruvchi atrof-olam qonunlari
boʻyicha bilim alohida oʻrin egallaydi. Atrof-olamga boʻlgan
munosabatni rivojlantirish (mashgʻulot, ekskursiya, sayr kabi
hayotiy vaziyat) bolaning maʻnaviy-ijobiy, ruhiy kechinmalariga
asoslangan pedogogik jarayonni tashkil qilish bilan bogʻliq.
Bolalarga atrof-olam bilan muloqotda boʻlganda oʻzi, tengdoshlari
va kattalar qilgan ishlarni baholashni oʻrgatish ham muhim
ahamiyatga ega.
Shu tariqa bola qalbida xalq ijodiyotiga, amaliy sanʻat 
ertaklariga nisbatan qiziqish hissini tarkib toptirish maqsadga 
muvofiq.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin